XATIRCHI TUMANI

XATIRCHI TUMANI

XATIRCHI TUMANINavoiy viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1927—30 y. larda Zarafshon okrugidagi tuman, 1938-y. dan Samarqand viloyati, 1982-y. dan Navoiy viloyati, 1989-y. dan Samarkand viloyati, 1992-y. dan Navoiy viloyati tarkibida. Shim. dan Nurota, jan. sharqdan Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon, shim. sharkdan Qoʻshrabot, jan. dan (Zarafshon daryosi orqali) Narpay va Paxtachi tumanlari, gʻarbdan Navoiy viloyatining Navbahor tumani bilan chegaradosh. Mayd. 1,37 ming km2. Aholisi 143,9 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yangirabot), 1 shaharcha (Langar), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻchakalon, Olchinobod, Oxunboboyev, Oqoltin, Poʻlkan shoir, Xonaqa, Yangiyoʻl, Krracha) bor. Markazi — Yangirabot sh.

Ensiklopediya.uz
XATIRCHI TUMANI