XARITAGRAFIK PROYEKSIYALAR

XARITAGRAFIK PROYEKSIYALAR

XARITAGRAFIK PROYEKSIYALAR — Yer ellipsoidi sirti yoki uning biror qismi yuzasini xaritalar chizish maqsadida tekislikda matematik asoslangan tasvirlash usullari. Shar yoki ellipsoid sirtini tekislikka yoyganda ustmaust tushgan va ochiq joylar hosil boʻladi. Yer yuzasini tekislikda tasvirlaganda 2 asosiy talab, yaʼni tasvirning bir xilligi va uzluksizligini taʼminlash talab etiladi. Ularni bajarish uchun uzilgan joylarda teng choʻzish va, aksincha, burishib qolgan (yaʼni, ustmaust tushgan) joylarda teng siqish ishlari bajariladi. Xaritagrafik tasvirda ular natijasida uzunlik, burchak, maydon va shakl xatoliklari (buzilishlar) yuzaga keladi. Uzunliklar xatosida xaritadagi chiziqlarning masshtabi ularning holati (oʻrni) hamda yoʻnalishi oʻzgarishi bilan oʻzgaradi. Xaritadagi burchaklar Yer yuzasidagi burchaklarga teng boʻlmaydi. Burchaklar xatoliklari konturlar shaklidagi xatolikni keltirib chiqaradi. Maydonlar xatoligi natijasida xaritadagi maydonlar masshtabi joy oʻzgarishi bilan oʻzgaradi. Shakl xatoligi natijasida obyektlarning xaritadagi shakli joydagi oʻziga moye geografik obyektlarning shakliga oʻxshamaydi. Xaritagrafik proyeksiyalar nazariyasida Yer ellipsoidi yuzasidagi cheksiz kichik doirachalar tekislikda ellips bilan tasvirlanadi vaxatoliklar ellips i deb yuritiladi.

Ensiklopediya.uz
XARITAGRAFIK PROYEKSIYALAR