XARASIMON SUVOʻTLAR

XARASIMON SUVOʻTLAR

XARASIMON SUVOʻTLAR (Charophyta, charophyceae) — yuksak tuzilgan suvoʻtlar guruhi. Tuzilishi qirqboʻgʻimlarga oʻxshaydi. Boʻyi 1 m gacha. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan; «poya» va «barg»lardan, har bir boʻgʻimda halqa boʻlib joylashgan kalta silindrsimon shoxchalardan iborat. Har bir halqadagi barglardan birining barg qoʻltigʻidan asosiy poyaga oʻxshagan yon «poya» oʻsib chiqadi. Tanasining pastki qismi balchiqqa yoki qumga botib turadi. Vegetativ koʻpayadi. Xarasimon suvoʻtlar paleozoy erasining oʻrtalarida keng tarqalgan, toʻrt qabilasi qolgan. 3 oila va 7 turkumga birlashgan 300 turi maʼlum. Oʻzbekistonda nitella, nitellopsis, lamprotamnium va b. turlari tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
XARASIMON SUVOʻTLAR