Xarakter sinovi
Xarakter sinovi
DO`STLARGA ULASHING:
Taqdirning bevafoligi mard odam yo‘lidagi sinov toshidir.
T. FULLERBaxtsizlik xarakterni obdan sinovdan o‘tkazadi.
O. BALZAKMusibat inson hayotining qayrog‘idir.
L. N. TOLSTOYBaxtsizlik maktabi eng yaxshi maktabdir.
V. G. BELINSKIYMusibat kishilar va xalqlar xarakteridagi kuchlarni hamma narsadan ham ko‘proq ochadi.
N. M. KARAMZINBaxtsizlik temirchining bolg‘asiga o‘xshaydi: ham majaqlaydi, ham toblaydi.
K. BOUVIZarurat kishini boshqa paytda aslo erisha olmaydigan narsasiga erishtiradi.
F. FENELONHar qanday baxtsizlikning ko‘lami uning mohiyati bilan emas, balki bu baxtsizlik insonda qanchalik aks etishi bilan o‘lchanadi.
G. SENKEVICHO‘zingni bezovta qilayotgan narsalarga munosabatingni o‘zgartir, ana shunda ular xavfidan xoli bo‘lasan.
MARK AVRELIYDono odam uchun haddan tashqari xursandlikka berilish ham, ortiqcha g‘am-g‘ussaga botish ham birdek nomunosibdir.
J. J. RUSSOEng uqubatli daqiqalarda ham ruhingni baland tutishga harakat qil.
GORASIYMusibat mardlikka turtki bo‘ladi.
SENEKAMardlik qarshisida taqdir zarbalari cho‘t emas.
DEMOKRITHar qanday sharoitda ham ruhingni tetik tut.
L. N. TOLSTOY
Vaziyatga moslashish va tashqi dahshatlarga qaramasdan osoyishtalikni saqlash eng yuksak insoniy donishmandlikdir.
D. DEFOHech qachon azob chekmagan odam emas, balki umidsizlikni boshidan kechirgan va uni yenggan kishi optimistdir.
A. N. SKRYaBINVaziyat qanchalik qiyin va og‘ir bo‘lsa, qat’iylik, faoliyat, jur’at shunchalik zarurligi va hafsalasizlik esa shu qadar zararligini esda tut.
L. N. TOLSTOYQanday qiyin sharoitda yashashingizga to‘g‘ri kelmasin, tushkunlikka berilmang, zero o‘z kuchingizga ishoich va boshqalar uchun yashash ishtiyoqi juda katta kuchdir.
F. E. DZERJINSKIYHech qachon tasavvuringdagi darajada baxtsiz bo‘lmaysan.
B. PRUSDurustroq izlasang, har bir holatda ham quvonchli nimadir topiladi.
D. DEFOBugungi kuning musibatli bo‘lsa, bundan ham og‘ir paytlar yuz bergani, ular ham o‘tib ketganini o‘ylab, ovunishing kerak.
N. M. KARAMZINHech tuganmas baxtsizlik bo‘lmaydi, qayg‘u-g‘amning umidga nisbatan vahimasi ko‘proq.
L. NOVKNARGUmidsizlik bizning eng katta xatolarimizdan biridir.
V. VOVENARGHar qanday baxtsizlik ham har doim bo‘rttirilgan bo‘ladi. Uni hamisha yengish mumkin.
A. S. MAKARENKOBaxtsizlikdan qutulish uchun har doim taqdir darcha qoldiradi.
M. SERVANTESOg‘ir baxtsizlik uzoq cho‘zilmaydi, maydalari esa e’tibor berishga arzimaydi.
J. LEBBOKBaxtsizlik ta’siriga berilma, biroq unga qarshi ikki baravar mardlik bilan peshvoz chiq.
VERGILIYHar qanday tumanda ham yo‘l topsa bo‘ladi. Eng muhimi bo‘sh kelmaslik va olg‘a yurishdir.
R. ROLLANDiling kuymasin noumidlik bilan,
Yorug‘ kun tug‘ilgay qaro kechadan.
SA’DIYKishi o‘zining ayanchli ahvolidan qutulishni jon dilidan istar ekan, bunday istak natijasiz qolishi mumkin emas.
PETRARKABizni baxtsizlik va ko‘ngilsizliklardan asrashga, qodir barcha vositalar, agar ular halol bo‘lsa, faqat joizgina emas, balki har qanday maqtovga ham sazovordir.
M. MONTENBaxtli daqiqada haddan tashqari katta ketmaslik, falokatda esa ishonchni yo‘qotmaslik lozim.
KLEOVULFalokatga nisbatan har qanday qarshilik ham baxtsizlikdan qutqaravermaydi, biroq har qanday baxtsizlik qarshilik ko‘rsatmay irodani yo‘qotishdan boshlanadi.
L. M. LEONOVAchchiq ko‘z yoshlari tommaganda hayot qadahi ko‘ngilni aynitar darajada chuchmal bo‘lardi.
PIFAGORHayot qimorida hammavaqt oshig‘i olchi kelaveradigan odam yo‘q.
B. PRUSHar bir kulfatning nimadir davosi ham bor. Puling oz bo‘lsa — tashvishing kam. Omading uncha yurishmasa — hasad qiluvchilar ham kam. Hatto yuragimizga qil sig‘maydigan paytlarda xam biz ko‘ngilsizlikning o‘zidan emas, balki tasavvurimizdagi ko‘ngilsizlikdan ezilamiz.
SENEKAHayot juda og‘ir bo‘lganda ham yashay bil. Uni foydali qil!
N. OSTROVSKIYBardosh bering va kelajak davrlar uchun ham kuchli bo‘lib qoling.
VERGILIYTanadagi yara kabi qalbdagi yara ham hayot kuchi bilan ichdan tuzaladi.
L. N. TOLSTOYBaxtsizlik ham qo‘rqoqqa o‘xshaydi: u qo‘rqib qaltirayotganlar ketidan quvadi, o‘ziga qarshi dadil kelayotganlardan esa qochadi.
A. JYuVEAzob chekmaslik insonga xos emas, azobga chidamaslik esa er kishiga yarashmaydi.
SENEKADunyoda hech kim baxtsizlikka mardona bardosh beradigan kishidek hurmatga sazovor bo‘lolmaydi.
SENEKANodonlar baxtsizlikka itoat qiladilar va bo‘ysunadilar, aqli rasolar esa undan ustun turadilar.
U. IRVINGEng shafqatsiz to‘siqlarni yengib o‘tishga jon-jahdi bilan intilish insonni inson qilib turuvchi oliy fazilatdir.
L. BETXOVENBuyuk qalb egalari azob-uqubatga botinan bardosh beradilar.
F. ShILLERMayda xafagarchiliklar til dagina zohir, chuqur qayg‘u esa sukutlidir.
SENEKANomusli kishigina astoydil qayg‘u chekadi.
F. GEBBELMard odam nola qilmay dildan azob chekadi, ojiz kimsa esa azob chekmay turib nola qiladi.
P. BUASTKulfatga bardosh berolmaydigan odam baxtsizdir.
BIANTHaddan tashqari ezilib ta’sirlanish haqiqiy baxtsizlikdir.
K. VEBERInson o‘zi haqida qanchalik kam o‘ylasa, u shunchalik baxtliroqdir.
L. BERNEOdamlar maqtaydigan narsalari bo‘lmasa, o‘z baxtsizliklari bilan maqtanadilar.
A. GRAFBoshiga musibat tushgan odamga siz har doim kam qayg‘urayotgandek tuyulaverasiz.
S. JONSONO‘zgartirolmaydigan narsangga o‘zingni yerga urmay bardosh ber.
SENEKAYuz berishi muqarrar bo‘lgan narsadan qo‘rqib yig‘lash bolalikdir.
V. ShEKSPIRYo‘qotilgan va buning ustiga bir umr yo‘qotilgan narsa to‘g‘risida qayg‘urish befoydadir.
V. ShEKSPIRKulfatga tushganda faqat bitta yo‘l —
G‘amni hech o‘ylama, tetik, bardam bo‘l.
V. ShEKSPIRQutulish mumkin bo‘lmagan narsaga bardosh bera bilish kerak.
M. MONTENBiz baxt deb ataydigan narsaga ham, baxtsizlik deb ataydigan narsaga ham, ularning har ikkalasiga sinov deb qaraydigan bo‘lsak, biz uchun foydalidir.
L. N. TOLSTOYBaxtsizlikka bardosh berish haddan tashqari omadlilikka bardosh berishchalik qiyin emas: baxtsizlikka bardosh berish sizni chiniqtiradi, keyingisi esa bo‘shashtiradi.
S. SEGUROmadyorlik qusurimizni, baxtsizlik esa fazilatlari-mizni ochib tashlaydi.
F. BEKONTaqdir senga g‘animlik qilgandagiga qaraganda u senga kulib boqqanda o‘zingni tuta bilishing ancha mushkulroqdir.
F. LAROShFUKOKuchli hayotiy larzalar mayda vahimalar jarohatini davolaydi.
O. BALZAKMayda kulfatlar g‘azabimizni qo‘zg‘aydi, kattalari esa aqlimizni joyiga keltiradi. Darz ketgan qo‘ng‘iroqdan so‘niq tovush chiqadi: uni ikkiga bo‘lsangiz — yana tiniq ovoz beradi.
JAN POLBaxtsizliklar g‘oyat katta foyda keltiradi, ular qalbni yuksaltiradi, o‘z ko‘zimiz oldida o‘zimizni baland ko‘taradi.
A. I. GERSENBaxtsizlik insonni boyitmasa ham unga donolik bag‘ishlaydi.
J. REYBaxtsizlik kishini yumshatadi: o‘shanda uning tabiati sezgir va oddiy bo‘ladi va odatiy, kundalik holatda turgan, inson tasavvuriga sig‘maydigan narsalarni tushunadigan bo‘lib qoladi.
N. V. GOGOLKitoblardan olinmaydigan donishmandlikni azob-uqubat va g‘am-g‘ussadan zarralab yig‘ib olish bizning qismatimizdir.
N. V. GOGOLMuhtojlik damlarini unut, lekin ular o‘rgatgan saboqni esdan chiqarma.
S. GESNERHayot qiyinchiliklarida toblangan odam baxtli va uch karra baxtlidir.
J. FABRziyouz.uz
Xarakter sinovi