Xarajatlar va daromadlarni hisobga olish uchun eng yaxshi ilovalar to’liq malumot oling

Xarajatlar va daromadlarni hisobga olish uchun eng yaxshi ilovalar to’liq malumot oling

Xarajatlar va daromadlarni hisobga olish uchun eng yaxshi ilovalar

Ba’zilar tejamkor bo‘lishga harakat qilishadi, shuning uchun ular o‘z xarajatlari va daromadlarini kuzatib borishadi. Ko‘pincha yozuvlar daftarda (bloknot) qayd etiladi, ammo u doimo yoningizda bo‘lmasligi, yo‘qolib qolishi va turli xil eslatmalar qila olmasligi sababli qulay bo‘lmasligi mumkin.

Quyida tavsiya qilingan ilovalar barcha kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi va dasturchilar ularga foydali funksiyalarni qo‘shishgan. Ushbu funksiyalarni oddiy qog‘ozda amalga oshirish imkonsiz, shuning uchun bu kabi ilovalar turli xil vaziyatlarda foydali bo‘lishi mumkin.

• CoinKeeper

(https://play.google.com/store/apps/details?id=com.disrapp.coinkeeper.material)Pul qayerga ketayotganini bilmayapsizmi? Istagan narsangiz uchun pul tejay olmayapsizmi? CoinKeeper sizga moliyaviy holatingizni boshqarishda yordam beradi!

CoinKeeper — smartfon va planshetlar uchun maxsus yaratilgan budjetni boshqarish va rejalashtirishning eng qulay usuli.

• Monefy (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.monefy.app.lite)

Budjetingizni rejalashtirishni bilasizmi? Monefy ilovasi yordamida moliyaviy holatingizni boshqarish har qachongidan ham osonroq bo‘ladi! Oson usulda xarajat va daromadlarni kuzatib borishingiz mumkin. Shunchaki ilovada xarid qilgan barcha narsalarni yozib boring: elektr energiya uchun to‘lov, avtomobil krediti yoki supermarketdan xaridlar. Shakllarni zerikarli to‘ldirishni unuting, faqat narxlarni ko‘rsatib borishingiz kerak.

• Money Lover (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.bookmark.money)

Moliyaviy natijalarga erishish yoki hal qilinishi kerak bo‘lgan shaxsiy muammolaringiz bormi? Sizga shaxsiy moliya boshqaruvi kerakmi?

Unda Money Lover ilovasiga ishonishingiz mumkin: zamonaviy hayotingizda juda zarur bo‘lgan chiroyli, sodda, ammo keng qamrovli vosita. Bu moliya bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qilishni istagan har bir kishi uchun mos bo‘lgan yechim.

• Dzen-mani

(https://play.google.com/store/apps/details?id=ru.zenmoney.androidsub)Dzen-mani qaror qabul qilishni osonlashtiradigan ko‘rsatmalar beradi:

— Analitika pul qayerga ketayotganini ko‘rsatadi.

— O‘tgan oylar statistikasi majburiy to‘lovlar uchun qancha pul kerakligi va qahva, kitoblar, filmlar va sayohatlarga qancha pul sarflashingiz mumkinligini ko‘rsatadi.

— Reja qancha pul bo‘shligini tushunishga yordam beradi — ular muhim maqsadlar uchun ajratilishi yoki sarmoya qilinishi mumkin.

• PersonalFinTrackerBot (https://t.me/PersonalFinTrackerBot)— Telegram boti

Ushbu bot budjetni alohida va boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda yuritishga imkon beradi, bu oilalar uchun muhimdir. Shuningdek unda chegirma kartalarini saqlash mumkin.

Bot ishga tushganda, shablondan yangi Google elektron jadvali (tablitsa) yaratadi, undan faqat asosiy foydalanuvchi, shuningdek, u kirish huquqini berganlar foydalanishi mumkin.

Keyin summani yuborishda bot xarajat/daromad toifasini tanlashni taklif qiladi va ma’lumotlarni ushbu Google elektron jadvaliga saqlaydi

#APK

Boshqa mavzular
Xarajatlar va daromadlarni hisobga olish uchun eng yaxshi ilovalar