XANTI-MANSILAR MUXTOR OKRUGI
XANTI-MANSILAR MUXTOR OKRUGI (1940-y. gacha OstyakVogullar milliy okrugi) — RF Tyumen viloyatidagi muxtor okrug. 1930-y. 10dek. da tashkil etilgan. Mayd. 523,1 ming km2. Aholisi 1433,1 ming kishi (2002), xantilar, mansilar, ruslar, ukrainlar, tatarlar va b. yashaydi. Shahar aholisi 90,9%. Markazi — XantiMansiysk sh. Asosiy shaharlari — Surgut, Nijnevartovsk, Nefteyugansk. Tarkibiga 9 tuman, 16 shahar, 24 shaharcha kiradi. X. M. m. o. Gʻarbiy Sibir pasttekisligining markaziy qismida, Ob va Irtish daryolarining quyi oqimida joylashgan. Yer yuzasi — tekislik. Chekka garbiy kismi Shim. va Qutb yoni Ural togʻlarining sharkiy yon bagʻirlaridan iborat. Neft va gazning yirik konlari mavjud. Iqlimi kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi —18°dan —23° gacha, iyulniki 16°—19°. Yiliga 400 — 500 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 120—130 kun. Shim. da koʻp yillik muzloq yerlar bor. Asosiy daryosi Ob va uning irmoqlari (Irtish, Shim. Sosva, Vax, Pim, Lyamin, Nazim, Kazim). Koʻl koʻp (1500 dan ziyod), ular aksari bir-biri bilan tutashgan. Botqoqliklar katta maydonlarni egallaydi. Tuproqlari torfbotqoq, podzol va allyuvial tuproqlar. Hududining 30% oʻrmon. Krraqaragʻay, qaragʻay, kedr, qayin oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan olmaxon, sobol, kolonok, tulki, oq quyon, suvsar, oq suvsar va b. bor. Qushlarning 200 ga yaqin turi, shu jumladan, bulduruq, karqur, oq kaklik mavjud. Daryo va koʻllarida baliq (losos, oq baliq, osyotr va b. turlari) koʻp.
Ensiklopediya.uz
XANTI-MANSILAR MUXTOR OKRUGI