XALQARO XAVFSIZLIK
XALQARO XAVFSIZLIK — xalqaro munosabatlar tizimi; hamma davlatlar tomonidan rioya qilinadigan xalqaro huquqning prinsip va normalari; davlatlar oʻrtasidagi janjalli masalalarni va kelishmovchiliklarni kuch va kuch ishlatish xavfi bilan bartaraf etishni istisno qilishga asoslangan. Xalqaro xavfsizlik prinsiplari kuyidagilarni nazarda tutadi: hamma davlatlar uchun babbaravar xavfsizlikni taʼminlash; harbiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda amaliy kafolatlarni yuzaga keltirish; har bir xalqning suveren huquqlarini soʻzsiz hurmat qilish; xalqaro tanglik va mintaqaviy nizolarni siyosiy yoʻl bilan adolatli bartaraf etish; davlatlar oʻrtasida ishonchni mustahkamlash; xalqaro terrorizmkya oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish; genotsid, aparteidam tugatish, fashizmnsh targʻib qilmaslik, diskriminatsiyaping har qanday shakllarini xalqaro amaliyotdan yoʻqotish; qamal va sanksiyalardan (jahon hamjamiyati tavsiyalarisiz) voz kechish. Xalqaro xavfsizlikning ajralmas qismi BMT Ustavi bilan mustahkamlangan amaldagi kollektiv xavfsizlik mexanizmidir.
Ensiklopediya.uz
XALQARO XAVFSIZLIK