XALQARO TERRORIZM

XALQARO TERRORIZM

XALQARO TERRORIZM — bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok boʻlishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchs, hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar oʻrtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va kilmishlar yigʻindisi. Xalqaro terrorizm 20-a. ning 60—70-y. lariga kelib oʻzini yaqqol namoyon kildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, oʻz davlatiga nisbatan ekstremistik ruxdagi guruhlar birlashib, ijtimoiyiqgisodiy jixatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat koʻrsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obroʻga ega boʻlgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, samolyotlarni olib qochish bilan shugʻullana boshladilar. 80-y. larga kelib Xalqaro terrorizm yanada jidsiy tus oldi. Begunoh, tinch aholi oʻrtasida koʻpdankoʻp qurbonlar boʻlishi, xalqaro terrorchilarning boshqa yovuzliklari jahon jamoatchiligini qatgiq tashvishlantirib qoʻydi. 1978-y. kuchli «yettilik» davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) sh. dagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzui boʻlib qoldi. Chunki xalqaro terrorchilar bir tizimga birlashib, baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhsagi shaxslar, narkobiznes va qurolyarogʻ savdosidan foyda koʻruvchi jinoiy toʻdalar, yollanib xizmat qiluvchilar paydo boʻldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlarida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qoʻyishga hamda hokimiyatga qarshi muholafatni shakllantirishga harakat qiladi.

Ensiklopediya.uz
XALQARO TERRORIZM