XALQARO STANDARTLASHTIRISH TASHKILOTI

XALQARO STANDARTLASHTIRISH TASHKILOTI

XALQARO STANDARTLASHTIRISH TASHKILOTI (XST) butun jahon mamlakatlari uchun umumiy boʻlgan (xalqaro) standartlarni ishlab chiqish hamda standartlashtirish sohasida jahon miqyosida hamkorlik qilish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilot. Londonda 1946-y. taʼsis qilingan. Idorasi Londonda joylashgan. Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga 90 mamlakatning standartlashtirish milliy tashkiloti aʼzo (2004). Oʻzbekiston Respublikasi Standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish davlat qoʻmitasi (2002-y. noyabrdan «Oʻzstandart» agentligi) 1992-y. martdan aʼzo.

Ensiklopediya.uz
XALQARO STANDARTLASHTIRISH TASHKILOTI