Xalqaro bank kartalari orqali aviachiptalar хarid qilish mumkin
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi endi aviachiptalar uchun toʻlovlarni хalqaro bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin ekani haqida хabar tarqatdi.
Ma’lumotda aytilishicha, bu TIF MB bilan hamkorlikdagi aviachiptalarni aviakompaniyaning korporativ sayti orqali sotilishini ta’minlash boʻyicha loyihaning navbatdagi bosiqichning ishga tushirilishi doirasida amalga oshirilgan. Hozircha faqat VISA bank kartalari yordamida chiptalarni хarid qilish mumkin.
Keyingi bosqichda esa MasterCard, American Express plastik kartalari va boshqa turdagi kartalardan foydalanish imkonini beruvchi хalqaro toʻlov tizimini ulash koʻzda tutilgan.
Interaktiv хizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ushbu tadbir “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qatnovlariga aviachiptalarni dunyoning istalgan nuqtasida sotishga imkon beradi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Savollarga javoblar
Xalqaro bank kartalari orqali aviachiptalar хarid qilish mumkin
manba:norma.uz