Xalq orasida ma’lum va mashhur Montalin haqida

Xalq orasida ma’lum va mashhur Montalin haqida
xalq orasida malum va mashhur montalin haqida 65cab0508968d

photo 2022 01 22 23 24 22

Xalq orasida ma’lum va mashhur Montalin haqida

Mundarija скрыть
Xalq orasida ma’lum va mashhur Montalin haqida
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Xalq orasida ma’lum va mashhur Montalin haqida…
🤷‍♂ Montalin arosat narsa, Anatomik-terapevtik-kimyoviy(rus tilida ATX) klassifikasiyada biror kod bilan ro‘yhatdan o‘tmagan. Dori vositasi sifatida tavsiya etilmagan.
ATX klassifikasiyadan o‘tmaganidan keyin O‘zbekistonda rasmiy reyestrdan o‘tishi bo‘yicha gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.
Shu sababli siz foydalanayotgan barchasi kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan. Va plyus sifatida shuni aytish kerak, qalbakisi juda ko‘payib ketgan.
Biror bir sertifikatga ega emas.
☝️ Kombinasiyalangan preparat sifatida bo‘g‘im kasalliklarida qo‘llaniladi.
🧪 Tarkibi o‘simliklardan iborat.
Tarkibidagi kompanentlar:
☘️ Qushqo‘nmas
☘️ Fillantus
☘️ Mimoza
☘️ Osiyo syentellasi
☘️ Glioza
👉 Bular ichida osiyo sentellasi bo‘yicha yaxshi ma’lumotlar mavjud.
Osiyo Syentellasi-ayurvediya tibbiyotida qadimdan ishlatib kelingan. Kalamushlarda GAMK tizimiga ta’siri tufayli tinchlantirish hususiyati va bundan tashqari hotirani rivojlantirishi, tutqanoq bilan kasallangan kalamushlarda tutilish chastotasi kamayishi laboratoriya tekshiruvlarida isbotlangan. Va hatto yo‘g‘on ichak raki mavjud bo‘lgan kalamushlarda rak hujayralarini bo‘linishini kamayishi kuzatilgan.
Bu hususiyatlar bo‘yicha odamlarda klinik tekshiruvlar o‘tkazilmagan.
Olimlar so‘nggi yillardagi tadqiqotlarda yallig‘lanishga qarshi ta’siri mavjudligini aniqlashdi.
🙎‍♂ Odamlarda bo‘lsa gloriozani siydik haydovchi ta’siri San-Paulo universitetining nefralogiya kafedrasida 69 ta bemorda o‘tkazilgan tekshiruvda plasebo(ta’sir qiluvchi modda mavjud bo‘lmagan, faqat dori shaklidagi shirinlik-«ho‘rozqand») va gloriazaning ta’sirlari deyarli farq qilmagan.
🧐 Qolgan kompanentlar haqida faqat tabobatda iliq fikrlar mavjud.
(Bu bilan Montalin umuman ta’sir qilmaydi demoqchi emasman.)
✅ Lekin maslahatim ta’siri isbotlangan, rasmiy tarzda, tegishli sertifikatlari mavjud bo‘lgan va istalgan dorixonadan topish mumkin bo‘lgan boshqa preparatlarni maslahat beraman.
(O‘zini hurmat qilgan doktor ham Montalin tavsiya qilishiga ishonmayman.)
❗️ (https://telegra.ph/file/2700ed86496535b0ba50b.jpg) Montalinni faqat xalq orasidagi gaplar bilan qo‘llash mantiqsizlik. Chunki xar bir inson individual(o‘ziga hos) va «oyoq og‘rig‘i»ga sabab yuzlab bo‘lishi mumkin.

Xalq orasida ma’lum va mashhur Montalin haqida