XALQ BANKI
XALQ BANKI, Oʻzbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki — yirik universal davlattijorat jamgʻarma banki. 1992-y. da sobiq davlat mehnat jamgʻarma kassalari (1923) negizida tashkil etilgan mehnat jamgʻarmalari va aholini kreditlash maxsus banki — SSSR jamgʻarma banki (1987)ning Oʻzbekiston boʻlimi asosida Oʻzbekiston jamgʻarma banki tashkil etiddi. 1995-y. da bu bank hukumatning maxsus qarori b-n Oʻzbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki deb nomlandi. Boshkaruvi Toshkent sh. da. Bank taʼsischilari: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (51%) va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (49%).
Ensiklopediya.uz
XALQ BANKI