XЕCHQAYERDA ISHLAMAYDIGAN ALIMЕNT TO‘LOVCHI BITTA BOLAGA NЕCHPUL ALIMЕNT TO‘LAYDI to’liq malumot oling

XЕCHQAYERDA ISHLAMAYDIGAN ALIMЕNT TO‘LOVCHI BITTA BOLAGA NЕCHPUL ALIMЕNT TO‘LAYDI to’liq malumot oling

XЕCHQAYERDA ISHLAMAYDIGAN ALIMЕNT TO‘LOVCHI BITTA BOLAGA NЕCHPUL ALIMЕNT TO‘LAYDI

⚡️SAVOL;

Men turmush o‘rtog‘im bilan ajralishganman. Turmush o‘rtog‘im xechqayerda ishlamaydi va bir nafar farzandim uchun 200 ming so‘m aliment to‘laydi. Aslida u menga qancha aliment to‘lashi kerak ?

⚡️JAVOB;

Oila kodeksining 99-moddasiga ko‘ra, xar bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (822 000 so‘m) ning 26,5 foizi (217 830 so‘m) dan kam bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatilgan. Qolaversa, mazkur kodeksning 140-moddasiga ko‘ra, agar aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo‘lsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O‘zbekiston Respublikasidagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi deyilgan.

🟢 Yuqoridagi asoslar bo‘yicha ishlamaydigan aliment to‘lovchi uchun o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha aliment xisoblanganida, bir nafar bola uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment bir oyda 740 100 so‘mni tashkil qiladi.

🟢 Xulosa qiladigan bo‘lsak, birinchidan siz alimentning qonunda belgilangan eng kam miqdori (217 830 so‘m) dan xam kam aliment olyabsiz, ikkinchidan aliment to‘lovchi ishlamasa tepadagi xisoblash tartibi bo‘yicha bo‘yicha bitta bolaga 740 100 so‘m to‘lashi kerak

Yuridik
XЕCHQAYERDA ISHLAMAYDIGAN ALIMЕNT TO‘LOVCHI BITTA BOLAGA NЕCHPUL ALIMЕNT TO‘LAYDI