WWW tarmog’ining paydo bo’lish tarixi
Yigirmanchi asrning 60-yillarida barcha kompyuterlarni yagona tarmoqqa birlashtirishning birinchi kontseptsiyasi paydo bo’ldi. U birinchi marta 1962 yilda olim Jozef Liklider tomonidan taqdim etilgan va unga «Galaktik tarmoq» nomini bergan.
Jozef haqli ravishda World Wide Webning «otasi» hisoblanadi. O’sha vaqtdagi ushbu g’oya juda sodda , primitiv usullardan va axborot almashinuvining oson, oddiy ekaniga qaramay xozirgi tarmog’imizga ishlashiga ko’ra juda o’xshar edi.
Olim o’z loyihasini DARPAga ko’chib o’tgandan keyingina amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi va u yerda IT bo’limida yetakchi o’rinlardan birini egalladi. Shu paytdan boshlab kontseptsiya faol rivojlanish bosqichiga o’tdi va ARPANET nomi bilan mashhur bo’ldi.
Licklider bilan parallel ravishda, xuddi shu 1962 yilda sovet akademigi Aleksandr Xarkevich ham tarmoq yaratish haqida o’ylagan. Ammo uning maqsadi u qadar global emas edi, u faqat turli darajadagi korxonalar axborot almashishi uchun umummilliy tarmoqni tashkil qilishni xohladi. Aleksandrning fikricha, bu tarmoq orqali butun SSSR xalq xo’jaligida ish samaradorligini, boshqaruv va rejalashtirish jarayonini oshirishi mumkin edi. Shuningdek, shunga o’xshash loyiha akademik Viktor Glushkov tomonidan ham ishlab chiqilgan. Uning qo’llari bilan OGAS deb nomlangan — buxgalteriya hisobi va ma’lumotlarni qayta ishlashning milliy avtomatlashtirilgan tizimini yaratilgandi, lekin u «yuqorida» (sovet hukumati tomonidan) qabul qilinmadi.
WWW qayerdan paydo bo’lgan
Qancha ko’p kontseptsiya, g’oya va loyihalar ilgari surilgan bo’lmasin, bugungi kunda biz bilgan jahon tarmog’i 1991 yilda vujudga kelgan. Fizik va dasturchi Tim Berners-Li WWWni ishlab chiqdi.World Wide Web. Hozirgi kunda hamma bu qisqartma haqida biladi.Lekin u nimani anglatishini kam odam biladi.
World Wide Web tarixdagi eng yirik loyihalardan biriga aylandi. U turli xil hujjatlar, rasmlar, videolar va boshqa kontentni almashish imkonini beradi. Tugmaga bir marta bosish kifoya qiladi va foydalanuvchi oldida yangi ma’lumot ochiladi. Bu ajoyib emasmi?!
WWW tarmoq muallifi
Ha, aynan Tim Berners-Li tarmoq yaratuvchisi hisoblanadi. Britaniyalik olim va CERN tadqiqotchisi barcha oldingilaridan farqli o’laroq, muvaffaqiyatga erishdi va o’z kontseptsiyasini to’liq amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi. HTML tili, URL, HTTP va boshqa qoidalarni yaratish uchun unga 2 yillik tinimsiz mehnat kerak bo’ldi. Shundan so’ng u g’oyasini ilmiy jamoatchilikka taqdim etdi.
Birinchi veb-saytni kim yaratgan?
http://info.cern.ch/ 1991 yilda dunyo ko’rgan birinchi saytdir. Uning muallifi, ehtimol siz taxmin qilganingizdek, Timning o’zi edi. U ma’lumotni joylashtirish va almashish uchun ba’zi tizimlarning ishlashini tushuntirishga bag’ishladi.
Qidiruv tizimlari tarixi
Dastlab, havolalarni saqlash uchun oddiy fayllar ishlatilgan va qidiruv tizimlari o’rniga oddiy qidiruv rejimi ishlatilgan. Shundan so’ng, havolalarni yanada qulayroq tartiblash uchun kataloglar paydo bo’ldi, ammo tizim ichida biron bir qidiruvni amalga oshirish qiyin edi.
Qidiruv tizimining birinchi ko’rinishi 1990 yilda Archie yoki «Archi» nomi bilan paydo bo’lgan. Lekin u faqat yuklab olib keyin ishlatilar edi. Shunday bo’lsada kerakli ma’lumotlarni qidirish va topa olish haqiqatga aylandi.
Xuddi shunday ishlash printsipi bilan Jughead, Veronika kabi qidiruv tizimining boshqa o’xshashlari ham chiqarildi.
1993 yilda bir vaqtning o’zida ikkita qidiruv tizimi paydo bo’ldi — WWW Wanderer qidiruv roboti va Aliweb qidiruv resursi. Birinchisi mustaqil ravishda tarmoqda mavjud sayt URL-manzillarini to‘pladi va ularni Wandex ma’lumotlar bazasiga qo‘shdi, ikkinchisi esa sayt egalariga manzilni bir xil nomdagi yoki turdagi yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish imkonini berdi, bu bilan sayt egalari foydalanuvchilari ularning saytlariga oson kira olishlarini ta’minlashdi. Ammo Aliwebda har bir sayt uchun ma’lum bir indeks fayli bo’lishi shart edi.
Asl maqola uchun link.
Umumiy Dasturlash
WWW tarmog’ining paydo bo’lish tarixi