WordCamp Moscow 2016 nima? Hoziroq Moskvaga chipta oling!
Qiziqarli taqdimotlarni yoqtirasizmi? Kasbdoshlar bilan maroqli suhbat va yangi narsa o’rganishni istaysizmi? Unda Hush Kelibsiz!
Eng munosib joydagi professional konferensiyada ishtirok eting! U yerda vaqtingizni shunchaki maroqli o’tkazibgina qolmay, balki malakangizni bir qancha mustaxkamlab olasiz. WordCamp Moscow 2016 — huddi shunday konferensiyalar qatoriga kirganligi sababli ushbu konferensiya haqida batafsil ma’lumot berib o’tmoqchimiz.
Nima bo’ldi?
Hozircha hech narsa yuz bergani yo’q, lekin juda juda yaqin vaqtlarda ya’ni 13 avgustda WordPress ga aloqasi bo’lgan insonlar uchun rasmiy WordCamp Moscow 2016 konferensiyasi bo’lib o’tadi. Ishtirokchilarning uchrashuvi Digital October nomli yangi texnologiyalar markazida bo’lib o’tadi.
WordPress — bu eng mashxur web sayt boshqaruv tizimi (CMS) hisoblanib, faqatgina qulayligi bilan emas balki tezkor yordam xizmati bilan boshqa CMS lardan ajralib turadi.
Konferensiyada qatnashmoqchi bo’lsangiz ushbu ma’lumot sizga juda ham yaxshi tanish, agar unday bo’lmasa ham tashrif buyuravering! Bunday konferensiyalar har yili turli davlatlarda o’tkizilib, zerikarli uchrashuvlardan tubdan farq qiladi.
Bu konferensiya kimlar uchun?
Agar siz sayt tuzishga juda ham qiziqsangiz, siz bu konferensiyaga kelishingiz kerak. Agar WordPress tizimida endi sayt ochishni boshlayotgan bo’lsangiz ham sizni bu yerda kutishadi. Agar WordPress tizimida ishlovchi saytingiz bo’lsa, Moskvaga chipta olish uchun hali ham kech emas!
Bir so’z bilan aytganda, ushbu konferensiya sayt tuzishga qiziquvchi va sayt administratori bo’lmoqchi bo’lganlar uchun tashkillashtirilgan konferensiyadir. Sizning bilim darajangiz hech qanday ahamiyat kasb etmaydi: WordCamp Moscow 2016 da professionallar va bu ishda yangilar uchun ham yetarlicha mashg’ulot topiladi. Bloggerlar, sayt tuzuvchilar, dizaynerlar, test qiluvchilar, boshqaruvchilar — Hammangizni bu yerda ko’rishdan hursand bo’lamiz.
Konferensiyada nimalar bo’ladi
Kunda davomida ba’zi quvnoq tanaffuslar bilan bo’lib o’tadigan konferensiyada CMS ga aloqador ma’ruzachilar yangi imkoniyatlar haqida o’z chiqishini qiladi. Bulardan:
- Qanday qilib sayt tuzishga buyurtma berish va ishonch bildirish.
- Izlash tizimlarida kerak bo’ladigan asosiy bilimlar.
- Maqola, plagin va shablon tuzishda fikrlarni qayerdan olish.
- WordPress da maydonlar bilan ishlash qoidalari.
- O’zingizning shaxsiy shabloningizni WordPress.org saytiga joylashtirish.
- Elasticsearch, Logstash va Kibana larning foydali jihatlari.
- Qanday qilib sayt uchun ajratilgan xotirani nazoratda ushlab turish
- A/B-sinov nima va u WordPress da qanday amalgan oshirilishi haqida so’z yuritiladi.
Ma’ruzachi o’z chiqishini yakunlaganidan so’ng after-party uyushtirilib, o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin bo’ladi. Aytganday, bu joyda siz yangi do’stlar orttirib tashrif qog’ozlar va unutilmas sovg’alarga ega bo’lishingiz mumkin.
Agarda sizda ushbu konferensiyaga nisbatan qiziqish uyg’ongan bo’lsa, Konferensiya rasmiy saytidan chipta buyurtma qiling.
Bir kishilik chipta narxi $20 ga teng (hozirda 199 ta chipta qolgan). To’lovlar PayPal va «Яндекс.Деньги». orqali amalga oshiriladi.
Web Dasturlash
WordCamp Moscow 2016 nima? Hoziroq Moskvaga chipta oling!