Windows’da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish
![Windows’da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish 3 photo 2023 04 27 00 55 54](https://www.savol-javob.com/wp-content/uploads/2023/04/photo_2023-04-27_00-55-54-300x169.jpg)
Windows’da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish
DO`STLARGA ULASHING:
Windows’da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish
Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.
Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:
. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N).
. C:UsersFoydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.
. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing).
. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить…” tugmasi ustiga bosing.
. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.
. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.
. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor!
Manba: @GooogleTM
Windows’da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish