Windows OS da MAC manzilni o’zgartirish.

Windows OS da MAC manzilni o’zgartirish.

Windows OS da MAC manzilni o'zgartirish.

Ishimizda bugun juda qiziq voqea bo’ldi.
Kompyuterlar hammasi proksy orqali internetga chiqardi. Man o’tirgan kompyuter blakirovkaga tushib initernetga chiqmasdan qoldi. Birinchi IP bo’yicha qilsa kerak deb o’ylagandim, IP ni o’zgartirdim lekin yana shu ahvol. Keyin o’ylab, manimcha MAC manzildan bo’lsa kerak deb o’yladim. Va to’g’ri topgan ekanman.
Kelinglar endi Windows OS da MAC manzilni o’zgartirishga o’tsak.

Birinchi Пуск (Start) -> Выполнить… (Run) ga kirib «cmd» buyrug’ini bering. Qora oyna (console) ochilishi kerak. Unga «net config rdr» buyrug’ini bering. 1-rasmdagi ma’lumotlar chiqishi kerak.

windows os da mac manzilni ozgartirish 65e61ebd4e98c

Bunda qizil bilan berilgani (DF036736-75C9-4B00-BBD1-5B517390FD00) ni eslab qoling (yoki saqlab qo’ying). Yashil rangdagisi bu tarmoq adapteri MAC manzilidir. (Bu ma’lumotlar chiqishi uchun tarmoq aktiv (qo’shilgan) holda bo’lishi shart)

Endi yana Пуск (Start) -> Выполнить… (Run) ga kirib «regedit» buyrug’ini bering. Unda

windows os da mac manzilni ozgartirish 65e61ebdc43b6

rasm chiqishi kerak.
Bundan
HKEY_LOCAL_MACHINESYSTEMCurrentControlSetControlClass{4D36E972-E325-11CE-BFC1-08002bE10318}
Joyga o’ting. U yerda 4 xonali raqamlardan iborat sonlar bo’lishi kerak. Ularning ichidan «NetCfgInstanceId» ning qiymati 1-rasmdagi qizil rangli matnga teng bo’lganini qidirib toping.

windows os da mac manzilni ozgartirish 65e61ebe32593

Agar shu papka ichida «NetworkAddress» li parametr bo’lmasa, uni yaratasiz. Agar bo’lsa unga qiymat berasiz. Bu parametr tarmoq adapteri MAC manzilini o’zida saqlaydi.
Yaratish, oynani ochiq joyida sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va «Создать» dan«Строковый параметр» ni tanglang va unga «NetworkAddress» deb nom bering.

windows os da mac manzilni ozgartirish 65e61ebeb1b6f

Va unga o’zingizning MAC manzilingizdan boshqacharoq MAC manzil bering.

windows os da mac manzilni ozgartirish 65e61ebf14319

Agar shu holatda ham internet ishlamasa unda IP ni ham almashtirib ko’ring. Ha yana MAC manzilni o’zgartirgandan keyin kompyuterni o’chirib-yoqish esdan chiqmasin.

Eski OpenNet.Uz saytidan.

Manba:

Operatsion Tizim
Windows OS da MAC manzilni o’zgartirish.