Windows 10’ga kirishdagi fonni almashtirish haqida to’liq ma’lumot oling

Windows 10’ga kirishdagi fonni almashtirish haqida to’liq ma’lumot oling

Windows 10’ga kirishdagi fonni almashtirish (Экран приветствия) 🏞🔄

Kompyuterni yoqdingiz, har xil ichki qurilmalarning bir-biriga muvofiqligi borasidagi tekshiruvlar amalga oshdi va operatsion tizim ishga tushishni boshladi. Tizimni to‘liq ishga tushirish va undan foydalanish uchun, odatda ekranda foydalanuvchi nomi va paroli, yoki shunchaki parolni kiritish so‘raladigan bosqichga kelamiz. Mana shu parol kiritish formasi ortidagi fonga istalgan rasmni o‘rnatish mumkinligini bilasizmi?

Login va parolni terib bu joydan tez o‘tib ketamiz deyishingiz mumkin, lekin bu fon kompyuterni blokka tushirganingizda (Win + L) ham paydo bo‘ladi.

Windows 10’da kirish foni quyidagi tartib bo‘yicha o‘zgartiriladi:
1️⃣. “Пуск → Параметры” yoki Win + I.
2️⃣. Shu nom bilan ochilgan oynada “Персонализация” bo‘limiga o‘tiladi.
3️⃣. Chap tomondan “Экран блокировки” bandi tanlanadi.
4️⃣. Mana shu yerdan ekranning bloklangan holatidagi fonini sozlash mumkin. “Фон” ostidagi ochiluvchi ro‘yxatdan – “Фото” bandi tanlanadi.
5️⃣. “Фото”ga o‘zgartirilganidan so‘ng, ushbu ro‘yxatning ostida rasmlar va “Обзор” nomli tugma paydo bo‘ladi. Shu tugmani bosgan holda, fon uchun kerakli rasmni tanlash mumkin.
6️⃣. Oynaning pastki qismiga tushilsa, “Показывать на экране входа фоновый рисунок экрана блокировки” bandini faollashtirish lozim.

Shundan so‘ng, Win + L klavishlari birikmasi orqali kompyuterni bloklasangiz, tanlagan rasmingiz fonda paydo bo‘lganini ko‘rasiz.

☝️ Ba’zilar, hazillashish maqsadida, shu fonga ish stolinining joriy rasmidan skrinshot olib fon sifatida joylashtirishadi va kimdir kelib adashib bosaman desa, elementlarni boshqarishni imkoni bo‘lmaydi. Bu yog‘i endi o‘zingizga havola! 😉

📝 Manba: @planetait

Malumotlar
Windows 10’ga kirishdagi fonni almashtirish