Windows 10’da muvofiqlik rejimi (Режим совместимости)
Windows 10’da muvofiqlik rejimi (Режим совместимости) (https://telegra.ph/file/ac1199ded1448fdbd3652.jpg)🖥 Windows’dagi muvofiqlik rejimi operatsion tizimning oldingi versiyalarida ishlagan dasturlarni ishga tushirish imkonini beradi. Agar eski dastur Windows 10’da ishlashdan bosh tortsa, unda tizim bilan birga keluvchi muvofiqlik rejimidan foydalanib, muammoni hal qilishga urinib ko‘rish mumkin. Buning uchun dasturni ishga tushiruvchi fayl ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va Свойства menyu bandini tanlang. Ochilgan muloqot oynasida Совместимость varaqa (вкладка)siga o‘ting. Запустить программу в режиме совместимости bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating va ochiluvchi ro‘yxatdan operatsion tizimning kerakli versiyasini tanlang. Shu bilan birga Выполнять эту программу от имени администратора bandi qarshisiga ham qushcha belgisini o‘rnatish mumkin. Применить -> OK tugmalari bosilib, kiritilgan o‘zgartirishlar saqlanadi. Shuni yodda tutingki, ayrim sabablarga ko‘ra, muvofiqlik rejimi qo‘llanilgan ba’zi dasturlar, shunda ham to‘g‘ri ishlamasligi mumkin. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bu usul ko‘p holatlarda eski dasturlarning ishga tushirishda ko‘mak beradi.Windows 10’da muvofiqlik rejimi (Режим совместимости)
DO`STLARGA ULASHING:
Windows 10’da muvofiqlik rejimi (Режим совместимости)