Windows 10’da internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar haqida to’liq ma’lumot oling
⭕️ Windows 10’da internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tavsiyalar
Ushbu postning barcha bandlarida keltirib o‘tilgan tavsiyalar – yaqin oragacha Internetga ulanishi to‘g‘ri ishlab, keyin esa birdaniga ishlamay qolgan foydalanuvchilar uchun keltirilgan.
✔️ Agar ulanish Wi-Fi yoki routerga ulangan kabel orqali bo‘lsa, routerni qayta ishga tushirishga urinib ko‘ring (elektr manbasidan uzish, 10 soniya kutib turish, qayta ulash/ishga tushirish va u qayta ulangunga qadar bir-ikki daqiqa kutish).
✔️ Kompyuter yoki noutbukni qayta yuklang (Перезагрузка), ayniqsa buni anchadan buyon amalga oshirmagan bo‘lsangiz.
✔️ Agarda siz “Нет подключения к Интернету, защищено” yozuvini ko‘rsangiz, ulanish esa router orqali bo‘lsa, ushbu routerga ulanishda boshqa qurilmalarda ham muammo kuzatilish-kuzatilmasligiga qarshi tekshiring (agar bunga imkon bo‘lsa, albatta).
✔️ Agarda muammo Windows 10 yangilanishi, tizim qayta tiklanishi va ma’lumotlarni saqlagan holda qayta o‘rnatilishidan keyin yuzaga kelgan bo‘lib, sizda qo‘shimcha biror antivirus o‘rnatilgan bo‘lsa, uni vaqtinchalik o‘chirib qo‘yib, muammo bartaraf etilish-etilmasligiga qarshi tekshiring.
👆🏻 Ushbu sa’y-harakatlardan so‘ng barchasi iziga qaytishi kerak.
📝 Manba: @computer_life
Malumotlar
Windows 10’da internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar