Windows 10 tizimida buffer xotiradan kengroq foydalanish

Windows 10 tizimida buffer xotiradan kengroq foydalanish

Windows 10 tizimida buffer xotiradan kengroq foydalanish

DO`STLARGA ULASHING:

Windows 10 tizimida buffer xotiradan kengroq foydalanish

Biror bir faylni nusxasini olganingizda, shu nusxa buffer xotiraga tushadi, agar boshqa bir faylni nusxasini olsangiz birinchi olgan faylingiz nusxasi o’chirb ketadi va «Вставить» buyrug’ini bersangiz oxirgi nusxasini olgan faylingiz kerakli joyga tushadi.

Windows 10 1809 versiyasidan boshlab bu buffer xotiradan kengroq foydalanishga imkon beradi. Endi siz bu xotirada 25 ta 4MB’gacha bo’lgan matn, rasm va HTMl xujjatlarni saqlashingiz mumkin. Asosan matnlar bilan ishlovchilar uchun qulay.

Agar sizda Windows 10’ning bu versiyasi bo’lmasa yoki kattaroq hajmdagi fayl papkalarni nusxalarini bufferda saqlamoqchi bo’lsangiz, Ditto (https://t.me/planetaitsoft/63) dasturidan foydalaning, bunda format bo’yicha cheklov yo’q. Qanday foydalanish quyida (https://t.me/planetait/399) videoda beraman, ancha qulay va ishingizni tezlashtiradi.

Agar sizda ayna Windows 10’ning shu versiyasi bo’lsa, bufferdan kenroq foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi.

1. Win + I tugmasini bosasiz(Параметры Windows).
2. «Система» bandiga o’tasiz.
3. Chap tomondagi «Буфер обмена» menyusini bosasiz(bu menyu bo’lmasa, demak sizda Windows 10’ning eski versiyasi).
4. «Журнал буфера обмена» funksiyasini yoqasiz.
5. Biror matnni nusxasini olasiz(misol uchun Word’da).
6. Win+V tugmasini bosib, bufferga olingan matnni ko’rishingiz va ustiga ikki martta bosib uni kerakli joyga nusxasini qo’yishingiz mumkin.

☝️ Ditto dasturi Windows 10 tizimida tekshirib ko’rildi.

Windows 10 tizimida buffer xotiradan kengroq foydalanish