Web Dasturlash: Dasturlashda TOP 10 sohaning biri
Web Dasturlash Sohasi va Uning Qiziqarli Jihati
Web dasturlash nima? Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg’ulot. Dasturlashni o’rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web dasturlash mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri.
Dasturlash Sohasida Frontend va Backend: Qanday Farq Qiladi?
Frontend: Oldindagi Tomonni Ko’rib Chiqamiz
Avvalo, «frontend» va «backend» so’zlarining o’zbek tilidagi ma’nolari bilan tanishib chiqaylik. «Frontend» (front end, front-end) o’zbek tilida «Oldindagi (ustki) tomon» degan ma’noni anglatadi. Biz bu so’z bilan u yoki bu narsaning tashqi, hammaga ko’rinib turadigan qismini nazarda tutamiz. Backend (back end, back-end) esa Frontendning aksi hisoblanib, qaysidir narsaning ichki, yoki orqa tomoni degan ma’noni anglatadi. Bu bilan biz qaysidir narsaning hammaga ko’rinmaydigan, yashiring, ichki yoki orqa tomonini nazarda tutgan bo’lamiz.
Frontend: Qanday Foydalanamiz?
Frontend – «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, web dasturlash texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida web sahifalarning insonga ko’rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o’rgangan inson o’z ijodkorligi, kreativ yondoshuvi orqali turli g’oyalarini web sahifalar, dasturlar shaklida ro’yobga chiqarishi mumkin bo’ladi.
Bugungi kunda shaxsiy web sahifaga ega bo’lish o’ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko’plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo’lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o’z ijodi va izlanishlarinini web sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o’z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ’ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.
Frontend Dasturlash Sohasi: Quyidagi Texnologiyalarni O’rganish
HTML, CSS va JavaScript: Asosiy Qilib Boshlash
Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o’z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko’rinishi va ishlashiga bo’lgan sifat talabi o’sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan.
HTML va CSS: web Sahifalarni Yaratish Asoslari
HTML va CSS web sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo’lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko’rinishda bo’lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko’rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo’lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o’rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi.
JavaScript va jQuery: Dinamiklik va Oddiylik
JavaScript ham yuqorida aytib o’tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo’lib, u yordamida web sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo’ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko’rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo’shishda JavaScriptning o’zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo’lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo’lmagan. O’sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo’lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo’lmagan imkoniyatlardan qulay yo’l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo’lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo’yishgani yo’q. Statistika ma’lumotlariga ko’ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.
Sass va Less: CSS-ni Oddiyroq Qilish
Less va Sass oldindan ishlov beruvchi freymvorklari CSS asosida yaratilgan bo’lib, dasturchilar uchun CSS bilan ishlashda anchagina qulayliklar va qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Uning yordamida sayt tuzishga ketadigan vaqtni tejab, nisbatan kamroq kod yozish mumkin bo’ladi. Hatto, bu ikkisi yordamida sayt stillarini yozishga dasturlash tillari kabi yondashish mumkin.
Dasturchilar kim? Dasturchi haqida. Dasturchi vazifalari. Dasturchilarning 4 darajasi
Bootstrap, Materialize, Foundation: CSS Freymvorklar
Bu freymvorklar web dasturlashda deyarli tayyor ko’rinishdagi sayt elementlarini taklif qiladi. Ular yordamida odatda ko’p ishlatiladigan elementlarni bir necha daqiqalar ichida tuzish mumkin. Ularning har biri o’ziga xos stildagi elementlarga ega. Material va yassi stillar ham shular jumlasidandir. Hatto saytni qog’ozda qo’lga chizilgandek ko’rinishga keltiradigan freymvork ham bor.
AngularJS, ReactJS, VueJS: JavaScript Frameworklari
AngularJS, ReactJS va VueJS JavaScript dasturlash tiliga asoslangan bo’lib, ular yordamida web saytlarni yanada takomillashtirish, qo’shimcha imkoniyatlar qo’shish va bu o’zgartirishlarni dasturchi o’ylagandan ham oson usulda amalga oshirish mumkin. Agar siz HTML, CSS, Bootstrap va JavaScriptni biladigan frontend dasturchi bo’lsangiz, bugungi kunda yurtimizda oyiga o’rtacha 100$ dan 300$ gacha daromad topishingiz mumkin. Bordiyu siz yuqorida sanab o’tilganlardan tashqari AngularJS, ReactJS va VueJS texnologiyalaridan birini bilsangiz, sizning o’rtacha oylik daromadingiz 400$ dan 600$ gacha bo’lishi mumkin. Bu daromad albatta nisbiy olingan. Web dasturlashda dasturchilarning daromadi odatda ularning bilim darajasi va tajribasi bilan belgilanadi.
Manba:
Web Dasturlash
Web Dasturlash: Dasturlashda TOP 10 sohaning biri