Web dasturchi bo’lib ishga kirish

Web dasturchi bo’lib ishga kirish
web dasturchi bolib ishga kirish 65cb474475db0

d90803a58167916cc6ce4b8fb8611c41

Web dasturchi bo’lib ishga kirish

Mundarija скрыть
Web dasturchi bo’lib ishga kirish
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Web dasturchi bo’lishni istaysizmi ? Ammo nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Web dasturlash haqida hech nima bilmaysizmi? 21-asrda eng ko’p daromad keltiradigan ish bu dasturchi(programmist) ekanligini bilarmidingiz? Agarda savollarga javob topmoqchi bo’lsangiz bu maqola aynan siz uchun.
Nega aynan dasturchi bo’lish?
Siz dasturchi bo’lmoqchisiz, ammo sizda yetarlicha ma’lumot yo’q. Dasturchi bo’lsangiz kariyerangizda qanday o’zgarishlar qila olasiz, bu haqida qisqacha ma’lumotlar bilan boshlasam.
  1. Dasturchi uchun doimo bozorda ish bo’lgan, ya’ni ish beruvchi bozor dasturchilar uchun juda katta ehtiyoj borligini o’z statistikasida ko’rsatadi. INDEED.com ish e’lonlar bozorining ma’lumot berishicha. 2018 yilda 37,739 dasturchi kerak degan e’lonlar Britaniyada, 145,640 esa Amerika qo’shma shtatlarida internetga joylangan.
  2. Dasturchi bo’lish uchun wunderkind bo’lib tug’ilish kerak emas. Istagan shaxs dasturchi bo’lishi mumkin, ammo bu ham oson emas. Ko’p mehnat, mashaqqat talab qiladi. Dasturchi bo’lib web sahifalar, mobil ilovalar, sun’iy intelektual (artificial intelligence), e-bozor(e-commerce) loyihalar ustida ishlashingiz mumkin.
  3. Dasturchi bo’lib ishlash uchun sizga Kompyuter, va ingliz tili kifoya qiladi. Hozirda freelancer(masofadan turib ishlash) bo’lib ishlash dasturchilar ichida keng tarqalgan. Uydan turib loyihalar ustida ishlashingiz mumkin va yaxshigina daromad qilishingiz mumkin.
Dasturchi bo’lishni xohlayman, ammo qanday?
Dasturchi bo’lish ko’p narsa talab qilmaydi ammo, o’rganishga bo’lgan ishtiyoq bo’lsa yetarli. Sabr juda muhim, 5–6 oyda dasturchi bo’lishingiz mumkin, lekin eng yaxshi dasturchilar qatorida bo’lishingiz uchun ko’p yillar mehnat qilishingiz kerak.
Ikki asosiy faktorni keltiraman, bu sizga dasturchi bo’lishingizda tayanch bo’lib o’tab beradi.
  • Samarali mashg’ulot — o’rganayotgan dastur tilingizda ko’p mashq qilishingiz kerak. Loyihalar ustida ishlash kerak, Github open sourceda dasturchilar loyihalaridan foydalanib o’zingiz ustingizda ko’p ishlashingiz kerak.
  • Senior dasturchilar ko’magi — tajribali dasturchilar ko’magidan foydalanish kerak, savollar berib muammolarni yechishga odatlanish kerak. Stackoverflow tajribali dasturchilar bilan liq to’la. Muammolaringizni ular bilan hal qilishingiz juda oson.
Coding Bootcamplari
Coding Bootcamplari eng yaxshi tanlovlardan biri. Dasturchi bo’lishni xohlasangiz Coding Bootcamplari 3–6 oy ichida sizga juda ko’p narsalarni o’rgatishadi. Loyihalar ustida ishlab, tajriba oshirishingizga yordam beradi. Ishga joylanishingiz ham juda oson kechadi. Ingliz tilini bilsangiz 3000–15000 USD miqdorida to’lab 3–4 oy ichida boshlang’ich bosqichdan o’tib olishingiz mumkin. Rus tilida ham bootcamplar ommalashyabti, hatto o’zimizda ham o’zbek tilida bootcamp tashkil qilindi.
MENTOR topish
Mentor topish ham juda muhim rol o’ynaydi dasturchi hayotida. Senior dasturchilarning ko’plari muvaffaqiyatga erishishlarida Mentorlari asosiy rol o’ynagani haqida gapirishadi. Biror yangi texnologiyani mentorlari maslahati bilan o’rganganlari, va samarador bo’lishlariga mentorlari sababchi bo’lgani haqida ko’p gapirishadi. Mentor topish oson emas, ammo yaqin do’stingiz yoki oila a’zoingiz mentorlik qilishsa nur ustiga a’lo nur bo’ladi.
Dasturchilardan mentorim bo’ling, yo’l yo’riq ko’rsating deb so’rasangiz, lekin rad javobini olsangiz, xafa ham bo’lmang. Qidirishda davom ettiring. Ko’p dasturchilarni vaqtlari chegaralangan bo’ladi, yaxshi gumonda bo’lavering.
Dasturchi sohasida ishlash
Dasturchi bo’lish uchun, albatta dasturlash tillarini bilish kerak, tajriba kerak, deb o’ylashingiz mumkin. Ammo, bootcampsiz, mentorlarsiz ham ishga kira olishingizga ishoning, men ishonaman :). Qanday qilib? Bu haqda ham gaplashamiz. Ishga kirib, loyihalar ustida senior dasturchilar bilan ishlash, dasturchi bo’lishingizga juda katta yordam beradi. Yozgan codelaringiz uchun haq olishingiz hissini tasvirlab berish qiyin. 🙂
Reja
Hamma ham bootcamplarga qatnasha olmasligi mumkin, mablag’ muammolari oldinga chiqadi. Hamma ham mentor topa olmasligi mumkin. Lekin, dasturchi bo’lish uchun hozir internet bo’lsa yetadi, O’zbek, Rus, Ingliz tillarida tonnalab ma’lumotlar bor. Youtubeda hozir o’zbek dasturchilari Farxod aka , Muhammadjavohir online kurslar qilishyapti.
Ish topish uchun
Reja tuzib oling, bozorni o’rganing. Qaysi dasturchi tillarida talab kuchaymoqda. JavaScript, Java, PHP, Python yoki C# tillari mashhur tillar jumlasidan.
Bizning asosiy rejamiz, tezroq ishga joylashib olish bo’lishi kerak. Qancha tez ishga kirsangiz, shuncha tez amaliy mashg’ulotlar qurshovida qolasiz va senior dasturchilardan yordamlar olasiz.
Internetdan Junior front end dasturchi deb qidirsam, quyidagi listdagi texnologiyalarni bilishim talab qilinar ekan:
Front — end dasturchi:
  • HTML, CSS va JavaScriptni bilishi
  • Responsive web sahifalar tuza olishi
  • O’zingizni GitHubda portfolioyingiz bo’lishi va u yerda oddiy bo’lsada ba’zi bir loyihalar ustida ishlagan bo’lishingiz
  • Version control(git) ni bilishi
Qo’shimcha yana texnologiyalarni bilishi +(bonus):
  • JavaScript kutubxonasi — jquery, Ajax
  • Debugging ilmi
Dasturlashni o’rganishdagi reja, plan
Tepada keltirilgan texnologiyalarni o’rganish uchun reja tuzib olishimiz muhim. Bosqichma bosqich reja bo’yicha o’rganishimiz talab qilinadi. Texnologiyalar bir — biriga bog’liqliklari bor. HTML ni o’rganmasdan turib CSSni o’rganib bo’lmaydi.
HTML & CSS
Har bir internetdagi sahifa HTML, CSS bilan tuziladi. Bular dasturlash tili emas. Internetda millionlab online darsliklar mavjud, ingliz, rus, o’zbek tillarida Youtubeda darsliklar bor.
Boshlang’ich bilimga ega bo’lishga intiling. Mukammal hammasini o’rganaman degan maqsad qo’yib, yillar davomida HTML o’rganish to’g’ri qaror emas.
Version Control
Version Control bu sistema bo’lib, siz o’zingizni codelaringizni saqlab(save) borishingiz mumkin. Deyarli barcha Kompaniyalar version controldan foydalanishadi. Boshlang’ich bilimlarni qo’lga kiritishingiz sizga yetarli bo’ladi.
GitHubdan o’z sahifangizni ochasiz va Git yordamida o’z loyihalaringizni yuklab borishingiz mumkin. HTML, CSS dan oldin Gitni o’rganib olganingiz yaxshi. O’z loyihalaringizni Github sahifangizga qo’yib borasiz.
Code Editor
Sublime text va VSCode lardan foydalanib loyihalar ustida ishlashingiz mumkin. Sublime textdan oson va qulay foydalanishni Mayoq telegram kanalidan o’rganib olishingiz mumkin.
Code editoringizni o’zingizga moslab olishingiz, samarali ishlashingizda yordam beradi.
JavaScript
Bu dasturlash tili bo’lib, internet web sahifalar olaming 94.8% dan ortig’i JavaScript bilan ishlaydi. JavaScript orqali static web sahifalarni interactive web sahifalarga aylantirish mumkin.
JavaScript o’rganish uchun ham internetga murojaat qilinsa ko’p online kurslar, kitoblar chiqib keladi.
Portfolio tuzish
Tepada tilga olingan texnologiyalarni o’rganganingizdan keyin, siz o’zingizni portfolioyingizga ega bo’lishingiz kerak. 10 Loyiha ustida ishlagan bo’lsangiz ulardan 5 tasi albatta JavaScriptda yozilgan bo’lishi kerak va barchasi GitHub repisotoryida git yordamida saqlangan bo’lishi kerak.
Ish qidirishga kirishish
Tepadagi texnologiyalarni o’rganganingizdan keyin ish qidirishga kirishish kerak, internet, telegram kanallarida e’lonlar beradigan kanallar, sahifalar bor. O’sha joylardan qidirish ish topishda yordam berishi mumkin. Ba’zi bir kanallar Ustoz shogirdUzDev jobs shular jumlasidan.
Resume ,CV tuzishingiz kerak va ishga topshirayotgan paytingiz barcha ma’lumotlarni to’g’ri kiritishingiz kerak. Internetdan qidirib, «How to write CV as a junior web developer?» deb yozsangiz juda ham ko’p ma’lumot topishingiz mumkin.
Hozircha shular edi, maqola yozishda hali chaqaloq bo’lishimizga qaramasdan internet ma’lumotlaridan foydalanib qo’ldan kelgancha yetkazishga harakat qilyapmiz.
Manba: 

Web dasturchi bo’lib ishga kirish