VUDVORTS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VUDVORTS haqida malumot bilib oling.

VUDVORTS (Woodworth) Robert (1869. 17.8, Belchertaun, Massachusets shtati, AQSH – 1962.4.7, Nyu-York-Siti) – AQSHda funksional psixologiyanint asoschilaridan biri. 1909-y. dan Kolumbiya un-ti professori. Dinamik psixologiya gʻoyasini olgʻa surgan, uning asosiy vazifasi — psixik faoliyatning turli shakllari nima uchun va qanday paydo boʻlishi hamda amalga oshishini oʻrganish deb xisoblagan. Vudvorts fikricha, xulq bilan ong psixologiyaning asosiy predmetidir. Vudvorts psixologiya ilmida birinchi boʻlib gʻayriodatiy xulq koʻrinishlarini aniqlash soʻrovnomasini ishlab chiqdi. «Dinamik psixologiya» (1918) asarida motivatsiya, idrok qilish, oʻqitish va fikr yuritish nazariyalarini birga qoʻshish asosida xulq-atvor nimaligini tushuntirdi, «Psixologiya» (1921) asari esa mukammal darslik boʻlib qoldi.

Ensiklopediya.uz
VUDVORTS