VTULKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VTULKA haqida malumot bilib oling.

VTULKA (rus.) — asbob, mashina va mexanizmning silindr yoki konus shaklli ichi teshik detali. Gʻildirak, podshipnik va elektr izolyatsiya V. si kabi xillarga boʻlinadi. Gʻildirak V. si — gupchakning oʻqqa tegib turadigan markaziy qismi; podshipnik Vtulkasi — antifriksion materialdan yasalgan yoki metalldan yasalib, sirtiga antifriksion material quyilgan ichi teshik silindr; elektr izolyatsiya Vtulkasi — elektr izolyatsiya materialidan yasalgan naycha. Binolar devori, asboblarning metall sirti va h. k. orqali elektr simi oʻtkazilganda koʻyib ketiladi. Metall kesish stanoklarida ishlatiladigan oʻtish Vtulkasi ham mavjud. U konussimon quyruqli kesish asbobi (mas., parma)ni stanok shpindeliga mahkamlash uchun ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
VTULKA