VREVSKIY QONUNLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VREVSKIY QONUNLARI haqida malumot bilib oling.

VREVSKIY QONUNLARI — eritma-bugʻ tarzidagi qoʻsh tizimlarning termodinamik nazariyasi asosini tashkil qiladigan qonunlar (D. P. Konovalov qonunlari bilan birga). Rus fizik-kimyogari M. S. Vrevskiy (1871— 1929) aniqlagan (1911). Vrevskiy qonunlari eritmalar bugʻining t-rasi, tarkibi bilan eritma komponentlari (tarkibiy qismlari) ning parsial bosimi orasidagi, birga qaynayotgan aralashmalar bugʻi t-rasi va tarkibi orasidagi muhim bogʻliqlarni ifodalaydi. Mikdor jihatidan Vrevskiy qonunlari eritma komponentlari bugʻlanganda ajraladigan issiqlikning eritmalar bugʻi tarkibi oʻzgarishiga taʼsirini bildiradi.

Ensiklopediya.uz
VREVSKIY QONUNLARI