VRANGEL Ferdinand Petrovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VRANGEL Ferdinand Petrovich haqida malumot bilib oling.

VRANGEL Ferdinand Petrovich (1797, Pskov – 1870, Tartu) – rus dengiz sayyohi, admiral, Peterburg FAning faxriy aʼzosi (1855-y. dan). Rossiya geogr. jamiyatining muassislaridan biri. 1817—19 y. larda «Kamchatka» kemasida dunyo aylanasi boʻylab suzishda qatnashgan. 1820—24 y. larda Kolima ekspeditsiyasiga boshchilik qilgan. Ekspeditsiya Sibir sohilining Indigirka daryosidan Kolyuchi qUltiqchasigacha boʻlgan qismini tavsifladi va xaritaga tushirdi, tabiiy boyliklari va xalqlari haqida maʼlumotlar toʻpladi. Chukotka dengizi sharqidagi orolning (keyinchalik Vrangel nomiga qoʻyilgan) Urnini aniqladi. 1825—27 y. larda dunyo aylanasi buylab suzgan ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. 1829—35 y. larda Amerikadagi rus qishloqlarini boshqargan. 1835—57 ylarda dengiz ishlari vaziri. 1864-y. da isteʼfoga chiqqan. Vrangel nomiga Alyaska ya. o. dagi togʻ va burun qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
VRANGEL Ferdinand Petrovich