VPN va Proxy server o’xshashlik va farqlari

Bu mavzu haqida test taqdim qilgan edim (https://t.me/planetait/547), agar test natijalari yaxshi bo’lsa, bu mavzuni yozish niyatim yo’q edi. Afsuski, bu ikki terminni farqini ko’chilik bilmas ekan, shu sabab yaxshilab tushuntirib o’taman. VPN — siz va sayt o’rtasida kanal hosil qilib beruvchi xizmat. Siz biror saytga ulanishingiz uchun VPN xizmat sizga marshrut yaratib beradi. Proxy server — bu ham VPN xizmatga o’xshash, sayt va siz ortangizdagi server. Bu server siz uchun kanal hosil qilishdan tashqari, butun traffikni o’zidan o’tkazadi. Yaxshi tushunishingiz uchun misol keltiraman: Ha, misol biroz qo’polroq bo’ldi, lekin tushuntirish uchun bundan yaxshi misol topaolmadim. Proxy server va VPN xizmatda bir necha umumiylik bor: Bularning asosiy farqi, VPN butun traffikni — siz berayotgan so’rov va sayt qaytarayotgan javoblarni hammasini shifrlaydi, proxy serverda bunday imkoniyat mavjud emas. ☝️Ko’pchilik shu ikki terminni adashtiradi yoki bitta narsa deb o’ylaydi, siz bundaylardan bo’lmang.
VPN va Proxy server o’xshashlik va farqlari
DO`STLARGA ULASHING:
Siz kompyuter sotib olmoqchisiz, sizning kompyuter do’konida tanishingiz yo’q, lekin do’stingizning tanishi bor.
1-holat: Do’stingiz sizni o’sha do’kon sotuvchisi bilan tanishtirib qo’yadi va sotuvchi bilan siz yuzma-yuz gaplashaverasiz va kerakli narsani sotib olasiz, bu yerda do’stingiz VPN.
2-holat: Do’stingiz kompyuter sotuvchi do’stidan o’zimga deb kompyuter sotib oladi va sizga beradi, kompyuter sotuvchi inson siz haqingizda hech narsa bilmaydi, bu yerda do’stingiz Proxy server rolida.
— ikkalasi ham IP ma’lumotlaringizni o’zgartirishi mumkin;
— ikkalasi ham siz haqingizdagi ma’lumotlarni(brauzer versiyasi, qayerdan ulanayotganingizni vahakazo) almashtirishi mumkin;
— ikkalasida ham pullik va bepul xizmat turlari mavjud;
— ikkalasini ham qonuniy ishlatish mumkin;
— ikkalasi ham to’liq xavfsiz xizmat emas, agar o’zingiz hosil qilmasangiz.
O’zingiz hosil qilish deganda, o’zingiz VPN va Proxy server ko’tarasiz. Misol uchun, Proxy server hosil qilish uchun CCproxy (https://t.me/planetaitsoft/96) dasturidan foydalanish mumkin, VPN xizmat uchun esa, ClearOS linux tizimi ancha qulay.
VPN va Proxy server o’xshashlik va farqlari