VOYNICH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOYNICH haqida malumot bilib oling.

VOYNICH (Voynich) Etel Lilian (1864. 11.5, Kork, Irlandiya—1960. 28.7, Nyu-York) — ingliz adibasi. Berlindagi oliy musiqa maktabini tugattan (1885). 1887—89 y. larda Rossiyada yashagan. 1920 y dan AQSHda. Italiya xalq ozodlik harakati (1830—40) ga bagʻishlangan «Soʻna» (1897) romani yozuvchiga xalqaro shuhrat keltirdi. Voynichning «Jek Reymond» (1901), «Oliviya Latam» (1904), «Uzilgan doʻstlik» (1910), «Poyabzalingni yech» (1945) romanlari Italiya, Rossiya, Polsha xalqlarining inqilobiy kurashi haqida. «Soʻna» romani Mirzakalon Ismoiliy tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1956).

Ensiklopediya.uz
VOYNICH