Voyaga etmagan shaxsni chet elga olib chiqish to’liq malumot oling
Bolaning yoshidan qa’ti nazar, dunyoning istalgan mamlakatiga olib chiqish uchun unga biometrik pasport rasmiylashtirish kerak. Bunda ota-onaning biometrik pasportiga bolani yozish nazarda tutilmagan.
Ota-onaning roziligi
- Boshqa mamlakatga doimiy yashash uchun chiqishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab etiladi.
- Doimiy yashash uchun chiqishda ota-onadan birining roziligi bo‘lmasligi yoki bolani olib chiqishga qo‘yilgan taqiq ichki ishlar organlari tomonidan biometrik pasportni rasmiylashtirish yoki davlat chegarasini kesib o‘tishni rad etishga sabab bo‘lishi mumkin.
- Bolani olib chiqishga taqiq ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Biometrik pasportni olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
- belgilangan shakldagi ariza-anketa;
- biometrik pasport yoki ID-karta yoxud 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
- ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasporti (mavjud bo‘lgan taqdirda);
- vakolatli organning qarori (xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);
- harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi yoxud mudofaa ishlari bo‘limining belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi — harbiy xizmatga majburlar uchun;
- davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya;
- ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi — voyaga etmaganlar uchun;
- fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati — voyaga etmaganlar uchun.
Manba: Advice.uz
Foydali Maslahatlar
Voyaga etmagan shaxsni chet elga olib chiqish