VOSITACHI USULI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOSITACHI USULI haqida malumot bilib oling.

VOSITACHI USULIoʻsimliklar seleksiyasidagi usullardan biri; ikki tur oʻsimlikning chatishmasligini uchinchi tur oʻsimlik yordamida bartaraf etish. Mas., agar A va V oʻsimlik turlari oʻzaro chatishmasa, u holda A tur oʻziga yaqin S tur bilan chatishtiriladi, olingan duragayni esa V tur bilan chatishtiriladi. Vositachi usulini birinchi boʻlib I. V. Michurin ishlab chiqqan va amalda tatbiq etgan. Vositachi usuli gʻoʻza seleksiyasida geografik uzok, tur ichida duragaylashda turlarning chatishmasligini bartaraf etish usullaridan biridir. Vositachi sifatida geterozigotali informatsiyaga ega duragaylarning birinchi boʻgʻinidan foydalanganda Vositachi usuli samarali boʻladi. Meksika gʻoʻzasini afrika-osiyo gʻoʻzasi bilan chatishtirib olingan bepusht duragayning xromosomalar yigʻindisini ikki karra koʻpaytirib, xarknes diploid gʻoʻzasi bilan erkin chatishadigan geksaploid shakli yaratilgan.

Ensiklopediya.uz
VOSITACHI USULI