VOQEANAVIS haqida malumot bilib oling.
VOQEANAVIS — 1) musulmon Sharki mamlakatlarida saroy mansabi. Voqeanavislar hukmdor topshirigʻiga binoan mamlakatda boʻlib oʻtgan barcha voqealarni kunma kun yozib borishgan. Shuningdek, elchilar huzurida ham Voqeanavis mansabi boʻlgan, u safar kundaliklarini va elchixonadagi barcha yozuv-chizuv ishlarini olib borgan. Mas., Avrangzebning Buxoroga kelgan elchisi Zabardastxon huzurida Xoja Abdulmaʼoniy Balxiy V. mansabida boʻlgan.
2) Rasmiy yoʻl bilan qoʻyilgan maxfiy kuzatuvchi, aygʻoqchi, josus.
Ensiklopediya.uz
VOQEANAVIS