VOLTOMMETR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOLTOMMETR haqida malumot bilib oling.

VOLTOMMETRtok zanjiridagi kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan elektr asbobi; voltmetr va ommetr-dan iborat. Voltommetrlar oʻzgarmas tok zanjirida qoʻllaniladi. Toʻgʻrilagich V. lar universal asbob boʻlib, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjiridagi kuchlanishni, oʻzgarmas tok zanjiridagi qarshilikni oʻlchaydi. U oʻlchash mexanizmi, yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich va qoʻshimcha rezistorlardan iborat. Universal Voltommetr larning zamonaviy variantlari mikroelektron sxemalar asosida yaratilmokda. Ular ancha ixchamligi va puxtaligi bilan lampali va tranzistorli oʻlchov asboblaridan ajralib turadi. Ularni ishlatish ancha qulay va oson. Voltommetrlar elektr energiyasi ishlatiladigan joylarda, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash va kuzatib turish zarur boʻlgan lab., sexlar va elektr ustaxonalarida qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
VOLTOMMETR