VOLTA haqida malumot bilib oling.
VOLTA (Volta) Alessandro (1745.18.2-Komo – 1827.5.3) – italyan fizigi va fiziologi. Ilmiy ishlari elektr, kimyo va fiziologiyaga doyr. Elektr asboblari (elektrofor, elektrometr, kondensator, elektroskop va b.)ni ixtiro qilgan. Volta 1775-y. da yonuvchi gaz — metanni topgan, L. Galʼvani kashf qilgan «jonli elektr»ga qiziqib qolib, bu borada tajribalar oʻtkazgan. Volta 1800-y. da birinchi oʻzgarmas tok manbai — Volta ustunini kashf qilgan, har xil metallar bir-biriga tekkanda elektrlashib qolishini aniqlagan va ular orasida paydo boʻladigan kuchlanish qiymati boʻyicha joylashtirib chiqqan. Elektr kuchlanish birligi (volt) V. nomi bilan atalgan.
Volta hayvonlar bilan qiyosiy-fiziologik tajribalar oʻtkazib. nerv tolalari, ichaklar va oshqozonning mushaklar va skeletga nisbatan elektr tokini koʻproq oʻtkazishini kuzatgan. U odamning koʻrish va taʼm bilish organlari elektrdan qoʻzgʻalishini aniqlagan.
Ensiklopediya.uz
VOLTA