VOLOKUSHA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOLOKUSHA haqida malumot bilib oling.

VOLOKUSHA (rus.) – 1) bahorda ekin ekish oldidan shudgorning oʻnqirchoʻnqirlarini tekislaydigan q. x. quroli. Bir-biriga zanjirlar bilan bogʻlangan yogʻoch gʻoʻlalardan iborat; u kesaklarni maydalab tekislaydi va tuproqdagi namning bugʻlanib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan tuproq qatlamini hosil qiladi;

2) oʻrilgan pichai, bugʻdoy poxollarini, yulingan gʻoʻzapoyalarni toʻplab, gʻaramga tashish uchun moʻljallangan q. x. quroli. Tirkama va oʻrnatma xillari bor. Oʻrnatma xili keng tarqalgan. Uning asosiy qismlari: xaskash apparati, oldingi oʻng va chap kronshteynlar, suruvchi bruslar va koʻtarish mexanizmi. Koʻtarish mexanizmi traktor shassisidagi gidrotsilindrlar yordamida ishlaydi.

Ensiklopediya.uz
VOLOKUSHA