VOLGOGRAD TRAKTOR ZAVODI haqida malumot bilib oling.
VOLGOGRAD TRAKTOR ZAVODI (1961-y. gacha Stalingrad traktor zavodi, STZ) — sobiq Ittifoq traktorsozlik sanoatining eng yirik va dastlabki korxonasi. Volgograd sh. da joylashgan. 1930-y. ishga tushirilgan. 1942-y. gacha STZ-1, STZ-5. STZ-8 gʻildirakli traktorlar ishlab chiqargan. Urush davrida harbiy texnika va qurol-aslaha tayyorlagan. 1943-y. zavod butunlay vayron etilgan. 1944-y. da z-d qayta tiklanib, gusenitsali (zanjirli) traktorlar (DT-54, DT-55 va b.) i. ch. ga moslashtirilgan.
Hoz. vaqtda q. x. da keng qoʻllanadigan DT-75 traktorlarini ishlab chiqaradi (q. Traktorsozlik). 3-dda ishlab chiqarilgan traktorlar 90-y. larning oʻrtalarigacha Oʻzbekiston q. x. mashina-traktor parkining asosiy qismini tashkil etgan.
Ensiklopediya.uz
VOLGOGRAD TRAKTOR ZAVODI