VOLGA-KAMA BULGʻORIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOLGA-KAMA BULGʻORIYASI haqida malumot bilib oling.

VOLGA-KAMA BULGʻORIYASI — Oʻrta Volga va Kuyi Kama havzasida Volga bulgʻorlari, fin-ugor xalqlari va b. barpo etgan davlat (10—14-a. lar). V.-K. B. 10-a. ning 2-yarmigacha Xazar xoqon-ligta qaram boʻlgan. Lekin 965-y. Kiyev Rusining buyuk knyazi Svyatoslav xazarlarni tor-mor keltirgach, V.-K. B. mustaqil davlatga aylangan. Poytaxtlari: Bulgʻor sh., 12-a. dan Bilar sh. Arab xalifaligi, Vizantiya, sharkiy slavyanlar va b. bilan savdo-sotiq munosabatlari olib borgan. Kiyev Rusi, keyinchalik Vladimir-Suzdal knyazligi bilan harbiy va savdo sohasida raqobatda boʻlgan. 1241-y. ga kelib moʻgʻullar tomonidan bosib olingan. 13-a. 2-yarmida Bulgʻoriya va Jukotin knyazliklari tashkil topgan. 14-a. 90-y. larida Amir Temur tomonidan tormor keltirilgan. 15-a. 30-y. larida V. – K. B. yerlarini ruslar bosib olganlar. Shundan soʻng faqat Kozon sh. mustaqil boʻlib qolib keyinchalik u Hozon xonligi markaziga aylangan. V. – K. B. Sharqiy Yevropaning oʻrta asr tarixida muhim rol oʻynab, tatar va chuvash xalklari madaniyatida sezilarli iz qoldirgan.

Ensiklopediya.uz
VOLGA-KAMA BULGʻORIYASI