VOLF SONI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOLF SONI haqida malumot bilib oling.

VOLF SONIQuyosh faolligining miqdoriy (sonli) koʻrsatkichlaridan biri. Shveysariya astronomi R. Volf 19-a. oʻrtalarida kiritgan. Ushbu formula R=k (10g+/) bilan ifodalanadi (formuladagi / — Quyosh gardishidagi dogʻlar va bu dogʻlarni birlashtiradigan guruhlar soni, k — koeffitsiyent). Koeffitsiyent k koʻp omillarga (teleskopning kattakichikliligiga, koʻrinuvchanlik sharoiti va b. ga) bogʻliq boʻladi. Xalqaro sistema sifatida Syurix (Shveysariya) rasadxonasi 1849-y. da eʼlon qilgan Volf soni (k=) qabul qilingan. Volf soni qiymati 2000-yildan ortiq vaqt (1749-y. dan) mobaynida aniqlangan, shunga qaramay u juda aniq son hisoblanmaydi. Volf soni Quyosh faolligini va b. koʻpgina geofizik hodisalarni taqqoslash uchun qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
VOLF SONI