VOLEYBOL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOLEYBOL haqida malumot bilib oling.

VOLEYBOL (ing. volley ball, volley — urib qaytarmoq va ball — koptok) — jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) boʻlingan 9×18 m li maydonchada oʻynaladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 qur oʻynaladi. Voleybol AQSHda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947-y. asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964-y. dan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1949-y. dan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.

V. Oʻzbekistonda 1920-y. dan oʻynaladi. OʻzR 1991-y. Xalqaro Voleybol federatsiyasiga, 1992-y. Osiyo V. konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi b-n 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda om-maviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
VOLEYBOL