VOKZAL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOKZAL haqida malumot bilib oling.

VOKZAL (ing. Vauxhall — Londondagi sayrgoh bogʻning nomi) — yoʻlovchilar va transportga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan bino yoki binolar majmui. 17-a. da ingliz Jeyn xonim Voks (Jane Vaux) London yaqiniga bogʻ va koshona zal qurdirdi. T. y. kurilgandan keyin st-yadagi bino ham «voksal» (Vokszal i) deb yuritildi. Dastlabki Vokzal (Angliyada Stokton—Darlington liniyasidagi Vokzal) 19-a. boshlarida qurildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida deyarli barcha katta shaharlarda Vokzallar paydo boʻldi.

Vokzalning t. y. vokzal i, aerovokzal, avtovokzal xillari bor. V. da st-ya binosi, yoʻlovchi platformalari (perron) va oʻtish yoʻllari boʻladi. Vokzal binosida bilet kassalari, maʼlumotlar byurosi, kutish zali, pochta va telegraf, tibbiyot punkti, bolali onalar xonasi, restoran va bufetlar, yuk xonalari, qoʻl yukini saqlash kameralari; katta Vokzal larda esa avtomatik yuk saqlash kameralari, bilet bosish va sotish mashinalari, elektr komposterlar va maʼlumot berish avtomatlari ham boʻladi. Toshkentda ikki t. y. vokzal i — «Markaziy» (birinchi binosi 1901-y. da, hoz. 1957-y. da qurilgan) va «Janubiy» (1985Y.) vokzal bor. «Markaziy» t. y. vokzalida yuqoridagi qulayliklardan tashqari, perronga olib chiqadigan yer osti yoʻlagi ham bor. Avtovokzal shaharlar orasida va shaxar atrofiga qatnaydigan avtobus yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan inshootlar majmuidan iborat. Toshkentdagi «Toshkent» va «Samarqand» avtovokzallarida yuqorida aytib oʻtilgan qulayliklarning kupi bor (q. Avtovokzal). Aerovokzal havo transporti yulovchilariga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan binolar majmui; aeroportning asosiy inshooti. Aerovokzalda biletlar sotiladi va qayd qilinadi; bagajlar qabul qilinadi va beriladi; samolyotlarning kelishi va ketishi haqida maʼlumot berib turiladi; yulovchilarga pochta va tibbiyot xizmati koʻrsatiladi va h. k. Xalqaro havo yoʻllaridagi aerovokzalda chet elga ketayotgan va chet eldan kelayotganlarning hujjatlari va bagajlari tekshiriladigan boʻlim ham boʻladi. Aerovokzaldagi barcha binolar vazifasiga qarab 3 guruhga boʻlinadi: yoʻlovchilar uchun moʻljallangan zallar (bilet sotish va kayd qilish zallari; kutish zali; kafe va restoranlarning savdo zallari); qoʻshimcha binolar (yukxonalar, bolali ayollar uchun ajratilgan xonalar, aloqa boʻlimi va b.); Yoʻlovchilarga qulaylik tugʻdirish va asosiy aerovokzalning ishini yengillatish uchun katta shaharlarda qoʻshimcha aerovokzallar tashkil qilinadi. Mac, Toshkentdagi aerovokzali prik Vokzallar jumlasiga kiradi. Unaa mahalliy trassalarda qatnaydigan samolyotlar uchun moʻljallangan qoʻshimcha aerovokzal bor. Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlari markazlarida t. y. vokzal i, aerovokzal va avtovokzal bor. Bir yoʻla t. i. avtobus, suv va havo transporti yoʻlovchilariga xizmat qiladigan birlashgan (kompleks) Vokzallar ham boʻladi. Birlashgan Vokzal yoʻlovchilarga juda qulaylik tugʻdiradi. Mac, bir shahardan poyezdda bir Vokzalga kelib tushgan yoʻlovchi oʻsha joyning oʻzida boshqa shaharga yoki atrofiga qatnaydigan avtobusga bilet olishi mumkin va aksincha. Oʻzbekyastonda birlashgan Vokzallar yoʻq.

Ensiklopediya.uz
VOKZAL