VOHONDARYO haqida malumot bilib oling.
VOHONDARYO — Afgʻonistonning eng chekka shim.-sharqidagi togʻ daryosi. Vahjir daryosining quyi qismi, Panj daryosining boshi. Uz. 220 km. Vohondaryo Hindukush tizmasi sharqiy tarmoqlarining shim. yon bagʻrida 5000 m balandlikdagi muzlikdan boshlanadi. Vohondaryoga Hindukush tizmasining shim. va Vohon tizmasining jan. yon bagʻirlaridan koʻp irmoqlar qoʻshiladi. Vohondaryo Tojikiston va Afgʻoniston davlat chegarasi buylab oquvchi Pomir daryosi bilan qoʻshilgandan soʻng Panj daryosi nomini oladi. Vohondaryo qoyali baland togʻlar orasidan tor vodiy (eni 1—2 km)da oqadi.
Ensiklopediya.uz
VOHONDARYO