Vohid Qodirov Biografiyasi to’liq malumot oling

Vohid Qodirov Biografiyasi to’liq malumot oling

Vohid Qodirov 1925 yil 10-yanvar sanasida Toshkent shahrida tug’ilgan.
Mundarija скрыть

 

Aktyorni yoshlik yillari ikkinchi jahon urushi yillariga tog’ri kelgan. U maktabni tamomlagach aviatsiya zavodida ishlay boshlagan va o’sha yerda tashkil etilgan drama to’garaklarida faol qatnashib yurgan. Keyinroq ya’ni urushidan so’ng Toshkent teatr va rassomchilik oliygohida tahsil olgan.

Oliygohini tamomlab o’z faoliyatini Respublika Yosh Tomoshabinlar teatrida boshlagan. Aktyor ushbu teatrda aktyor va rejissyor sifatida umrining oxirigicha faoliyat yuritgan.

 

Vohid Qodirov teatr bilan bir qatorda kinoda ham sermahsul ijod qilgan. U  «Chinor ostidagi duel», «Maftuningman» va «Akmal va Ajdarho» kabi bizga tanish ko’plab filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. 

Ushbu aktyor tomoshabinlarga asosan «Shum bola» filmidagi «boy ota» ya’ni «Sariboy» roli bilan tanilgan va aynan shu «boy ota» obrazi orqali xalqimizning mehrini qozongan.

Vohid Qodirov faoliyati davomida shuningdek, ko’plab xorijiy filmlarga o’zbek tilida ovoz bergan hamda o’zbek dublaj san’ati rivojiga o’z hissasini qo’shgan. 

 

Vohid Qodirov o’zining san’at sohasidagi ko’p yillik fidokorona xizmatlari uchun «O’zbekiston xalq artisti» va «Respublika xalq maorifi a’lochisi» kabi unvonlar bilan taqdirlangan.

Vohid Qodirov 1992 yil 8 may kuni 67 yoshida Toshkent shahrida olamdan o’tgan.

 

Aktyorni shaxsiy hayoti haqida qisqacha:  Vohid Qodirovni uch o’g’il va ikki qiz farzandi bo’lgan.  O’g’llaridan biri Abdurauf Qodirov bo’lib, u otasi izidan borib aktyorlik sohasini tanlagan. Bugungi kunda Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritadi.

vohid qodirov biografiyasi 1

Vohid Qodirov Biografiyasi

Biografiya
Vohid Qodirov Biografiyasi