VODOROD GENERATORI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VODOROD GENERATORI haqida malumot bilib oling.

VODOROD GENERATORIkvant generator. Vodorod atomlari dastasi yordamida ishlaydi. Oʻta yuqori chastotalar diapazonida juda barqaror elektromagnit tebranishlar manbai hosil qilish uchun ishlatiladi. Vodorod generatorida vodorod atomlari vodorod molekulalaridan elektr razryadi vositasida olinadi, unda atomlar manbaidan tashqari saralovchi magnit tizim, rezonator va ftoroplast yoki teflondan yasalgan maxsus yigʻuvchi kolba boʻladi. Vodorod atomining spektral chiziqlari oddiy (toʻlqin uzunligi X=21 sm) boʻlgani uchun Vodorod generatorida ammiakli molekulyar generatorga (X=1,26 sm) nisbatan spektr chiziqlarining kengligini aniqroq oʻlchash mumkin.

Ensiklopediya.uz
VODOROD GENERATORI