VODEVIL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VODEVIL haqida malumot bilib oling.

VODEVIL (frans. Vaudeville) –

1) naqarotli qoʻshiq (kuplet) va musiqa joʻrligida ijro etiladigan yengil hajviy pyesa (komediya). Odatda, latifasimon mazmunga asoslanadi, baʼzan raqs b-n ijro etiladi. Vodevil 18-a. ning oxiridan boshlab Fransiya professional teatrining ommabop janri boʻlib qolgan, 19-a. da butun Yevropaga tarqalgan. Keyinchalik Vodevil oʻrnini operetta, varyete, myuzikxoll va b. janrlar egallagan;

2) hajviy opera, pyesalar oxirida spektakl ishtirokchilarining tomoshabinlarga murojaat qilib aytadigan qoʻshigʻi. Unda shu asarning pand-nasihatomuz xulosasi hajv yoki hazil-mutoyiba shaklida ifodalanadi. Mas., S. Yudakovning «Maysaraning ishi» hajviy operasidagy Vodevil

Ensiklopediya.uz
VODEVIL