VIXARA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VIXARA haqida malumot bilib oling.

VIXARA (sanskritcha Vihara — almashish, joyini oʻzgartirish) — budda monastiri; shuningdek Hindistondagi qoyatoshlarga oʻyib ishlangan sunʼiy gʻorlarning maxsus turi boʻlib, ular budda rohiblari turishi uchun hujra vazifasini oʻtagan. Hindistondagi Bihar viloyatining nomi ham u yerda Vixaraning koʻpligi tufayli qoʻyilgan. Vixaralar buddizm vujudga kelgan davrdan maʼlum. Buxoro sh. nomi Vixaradan olingan degan taxminlar mavjud.

Ensiklopediya.uz
VIXARA