Vivo, Realme, Oppo, Xiaomi smartfonlaridagi virtual operativ xotira to’liq malumot oling
Vivo, Realme, Oppo, Xiaomi smartfonlaridagi virtual operativ xotira nima va u qanday ishlaydi?
Operativ xotira — har bir smartfonda mavjud va u haqida aksariyat foydalanuvchilar bilishadi. Biroq, virtual operativ xotira yoki kengaytirilgan RAM kabi atamalar nisbatan yangi bo‘lgani uchun ko‘pchilikning xabari bo‘lmasligi mumkin.
Garchi virtual operativ xotira imkoniyati hozircha faqat kam sonli qurilmalarda mavjud bo‘lsa -da, kelajakda ushbu funksiya aksariyat Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari qurilmalarining ajralmas qismiga aylanishi mumkin.
Virtual operativ xotira nima?
Virtual operativ xotira tushunchasini tushunish uchun, avvalo, operativ xotira nima ekanligini tushunish kerak. Operativ xotira boshqa har qanday xotira turiga qaraganda tezroq ishlaydigan energiya talab qiluvchi xotira.
Smartfoningiz doimiy xotirasi (ROM) bilan operativ xotirasi (RAM) farqi: ikkalasi ham ma’lumotlarni saqlaydi, lekin birinchisi doimiy, ikkinchisi esa vaqtincha. Operativ xotira doimiy xotiraga qaraganda tezroq, shuning uchun uning asosiy vazifasi ishlayotgan ilovalarni «ushlab turish», sekinroq ROM esa ma’lumotlarni (rasm, video va boshqa fayllar) doimiy ravishda saqlaydi.
Virtual operativ xotira esa smartfonning ichki xotirasini vaqtincha operativ xotira sifatida ishlatadi.
Soddaroq aytganda, virtual operativ xotira — smartfoningiz ichki xotirasining bir qismi qo‘shimcha operativ xotira sifatida ishlatiladi. Nomidan ko‘rinib turganidek, bu «virtual» operativ xotira, demak, kengaytirilgan operativ xotira hajmi smartfoningizda operativ xotira sifatida jismonan mavjud emas.
Masalan, agar smartfoningizda 6 GB tezkor xotira va 128 GB doimiy xotira bo‘lsa va RAM ni 5 GB ga oshirsangiz, texnik jihatdan endi sizda 11 GB tezkor xotira va taxminan 123 GB ichki xotira bor.
Virtual operativ xotira innovatsion yechimmi?
Afsuski, yo‘q. Bu texnologiya yangilik emas va root huquqi (https://t.me/gsmgurus_FAQ/123) o‘rnatilgan Android qurilmalarda va Windows tizimida (fayl podkachki) ilgaridan mavjud.
Avvallari smartfon operativ xotirasi 256 MB, 512 MB bo‘lgan davrlarda ushbu texnologiyadan naf bo‘lishi mumkin edi. Ammo hozir, deyarli barcha yangi smartfonlar operativ xotirasi 4 GB dan yuqori bo‘lganda, bu texnologiyadan naf bormi?
Qo‘shimcha ma’lumot: DDR4 turidagi smartfon operativ xotirasi bilan UFS 3.1 ichki xotirasi ma’lumotlarni o‘qish va yozish tezligi taqqoslanganda, UFS 3.1 deyarli 10 barobarga sekinroq. Shuningdek smartfon ichki xotirasi ma’lum miqdordagi yozish davriga (umriga) ega, shu sabab xotira chipidan faol foydalanish smartfon umrining ham qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Boshqa mavzular
Oppo, Realme, Vivo, Xiaomi smartfonlaridagi virtual operativ xotira