VIVIPARIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VIVIPARIYA haqida malumot bilib oling.

VIVIPARIYA (lot. vivus — tirik, pario — tugʻaman) — urugʻning pishib yetilmagan meva ichida ona oʻsimlikning oʻzidan koʻkarib chiqishi. Oʻta nam iqlimli tropik daraxtlarning pishmagan mevalarida ildizchali murtagi — gipokotili paydo boʻladi. Murtak uz. 50—70 sm ga yetgach, uzilib, tuproqqa tushib oʻsa boshlaydi. Vivipariya tashqi koʻrinishdan donli oʻsimliklarning ildiz hosil qilib oʻsib chiqishiga oʻxshaydi. Guldagi metamorfoz tufayli piyozchalar (qoʻngʻirbosh) va tuganaklarni (tirik tugʻar grechixa) tez oʻsib chiqib oson toʻkilishi ham Vivipariya deyiladi. Bunday holat yashash muhiti juda noqulay boʻlgan qutb, baland togʻ va choʻl mintaqalarida uchraydi. Vivipariya oʻz mohiyatiga koʻra vegetativ koʻpayish hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
VIVIPARIYA