VITIM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VITIM haqida malumot bilib oling.

VITIM (yuqori qismida — Vitimkan) — Sharqiy Sibirdagi daryo, Lenaning yirik oʻng irmogʻi. Ikat tizmasining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 1837 km, havzasining mayd. 225 ming km2. Yuqori va oʻrta qismida jan.-sharq va sharqdan Vitim yassitogʻlarini aylanib, quyi qismida esa Stanovoy togligi va Patom togʻligi oʻrtasidan oqib oʻtadi. Togʻlar orasidan chiqqach, daryo vodiysi kengayadi; quyilish joyida kattagina delta hosil qilgan. Vitim, asosan, yomgʻir, qisman qor va grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1520 m3/sek. Vitim noyabr boshlaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Vitimda quyilish joyidan Bodaybo sh. gacha (300 km) kema qatnaydi. Vitim havzasida oltin va slyuda konlari bor.

Ensiklopediya.uz
VITIM