Vitiligo haqida
Vitiligo surunkali teri kasalligi bo’lib, tananing turli qismlari va shilliq pardalarida teri pigmentatsiyasi yo’q oq dog’lar paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ko’pincha bu kasallik insonning yoshligida paydo bo’ladi.
Sabablari
Kasallik pigmentatsiya uchun mas’ul bo’lgan melanositlar o’z funksiyalarini yo’qotishi natijasida yuzaga keladi, bu esa terining rangsizlanishiga olib keladi.
Vitiligoning sabablari:
- genetik moyillik;
- asab tizimining buzilishi;;
- neyroendokrin kasalliklar
- kuchli quyosh ta’siri;
- metabolizm jarayonlarning buzilishi;
- qalqonsimon bezning noto’g’ri ishlashi;
- tuxumdonlarning disfunksiyasi;.
- kuchli kimyoviy moddalar bilan aloqa qilish..
Belgilari
Vitiligoga xos bo’lgan alomatlar quyidagicha:
- tananing har qanday qismida (oq yoki fil suyagi rangli) dog’lar paydo bo’lishi;
- zararlangan joylarni bosqichma-bosqich kengayishi;
- zararlangan joy atrofida giperpigmentatsiya qayd etilishi;
- dog’lar o’rnida sochlar rangining o’zgarishi;
- dog’lar o’rnida qichishish (kamdan-kam hollarda);
- dog’lar o’rnida terining tulashi (vitiligoning atipik shakllarida).
Diagnostika
Vitiligoni qanday davolashni aniqlash uchun dermatolog bir qator tadqiqotlar o’tkazadi, ular orasida:
Vitiligoni atopik dermatit, albinizm, trixofitoz, sifilis, melanoma, leykodermadan farqlash muhimdir.
Vitiligoni davolash
Vitiligo faqat 5% hollarda davolanadi, terining pigmentatsiyasini to’liq tiklash deyarli mumkin emas. Vitiligoni davolash jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Jarrohlik (teri transplantatsiyasi) orqaliham davolash mumkin.
Xavfli jihatlari
Agar vitiligoni qanday davolash kerakligi o’z vaqtida aniqlanmasa va dog’lar quyosh nurlari ta’siridan himoya qilinmasa, quyidagi asoratlarnini rivojlanish xavfi mavjud:
- terining quyosh nurlari ostida kuyishi;
- teri saratoni.
Xavf guruhi
Xavf ostida:
- stressga chidamsiz odamlar;
- autoimmun kasalliklarga chalingan odamlar;
- adrenokortikal etishmovchiligi bo’lgan odamlar;
- irsiy moyilligi bo’lgan odamlar;
- zararli ishlab chiqarish sohalarida ishlaydigan odamlar.
Oldini olish
Kelajakda vitiligodan qanday qutulish kerakligi haqidagi savolga duch kelmaslik uchun bemorlarga quyidagilar tavsiya etiladi:
- stressli vaziyatlardan qochish;
- uzoq vaqt davomida quyosh nurlari ostida qolishdan saqlanish;
- zararli kimyoviy moddalar bilan aloqalarni cheklash;
- surunkali kasalliklarni o’z vaqtida davolash.
Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.
Kasalliklar
VITILIGO