VITELLOGENEZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VITELLOGENEZ haqida malumot bilib oling.

VITELLOGENEZ (lot. vitellus — sariqlik va…genez) — sariqlik hosil boʻlishi, ootsitlarning tez oʻsish fazasida ularda sariqlik sintezlanishi va toʻplanishi. Bu jarayonda ootsitning ishtiroki oogenez tipiga bogʻliq. Solitar oogenezda sariklik oqsillari ootsitning granulalashgan endoplazmatik toʻrida (yaʼni endogen) sintezlanadi; Golji kompleksida esa sariqlik granulalari shakllanadi va uglevodlar oqsillarga birikadi. Alimentar oogenezda sariqlik oqsillarining asosiy qismi tuxumdondan tashqarida (yaʼni ekzogen) sintezlanadi va pinotsitoz orqali gemo-limfadan yoki qondan ootsitga oʻtadi; sariqlik granulalari esa vitellogenin oqsilidan pinotsitoz pufakchalarda shakllanadi. Bu pufakchalar birbiri va Golji kompleksi moddalari b-n qoʻshiladi. Bir qancha mollyuskalar va suvda hamda quruqliqda yashovchilarda kristallik tuzilgan sariqlik granulalari mitoxondriyalarda shakllanadi.

Ensiklopediya.uz
VITELLOGENEZ